Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Boks. O‘zbekiston yoshlari Osiyo chempionatini 8 ta oltin medal bilan yakunlashdi

Boks. O‘zbekiston yoshlari Osiyo chempionatini 8 ta oltin medal bilan yakunlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Dubay shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘tgan kuni o‘smirlarimiz ushbu musobaqada 9 ta oltin medal qo‘lga kiritib, chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashgandi. Ushbu muvaffaqiyatli yurishni bugun ularning aka-opalari, ya’ni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari davom ettirishdi.

Kecha final bellashuvlari yakuniga ko‘ra, yoshlarimiz 8 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, bokschilarimiz 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ham sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, oltin medallarning 5tasini qizlarimiz qo‘lga kiritishgani e’tiborga molik.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-71 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo‘ziboyev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O‘ralov

Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.

Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova

Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova  
-60 kg: Ruxshona O‘ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Hadichabonu Ergasheva.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 sentyabr kuni soat 16:40da yurtimizga qaytib kelishadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 09:45, 31.08.2021.
O'qildi: 3941 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.