Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Joriy mavsum yozgi transfer oynasida sodir bo‘lgan voqealar yakuni

Joriy mavsum yozgi transfer oynasida sodir bo‘lgan voqealar yakuni

Baho:
+ | -

Kecha yozgi transferlar oynasining bu yilgi soni yakuniga yetdi. Mazkur oynaning oxirgi kunida amalga oshirilgan transferlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Antuan Grizmann. Fransiyalik forvard «Barselona»dan «Atletiko»ga bir mavsumga ijara uchun berildi. Shartnomada futbolchini 40 mln yevroga sotib olish huquqini ham ko‘rish mumkin. 2 yil oldin kataloniyaliklar a’zosiga aylangan Grizmann yana o‘zining qadrdon Madrid klubiga yo‘l olmoqda. Messisiz zaiflashgan «Barselona» hujum chizig‘i yana bir tajribali yulduz futbolchisini yo‘qotdi.

O‘z navbatida mazkur chiziqni to‘ldirish uchun «Sevilya» hujumchisi Lyuk de Yong bir mavsumga ijaraga olindi.

«Chelsi» markaziy yarim himoya chizig‘ini Diyego Simeonening ko‘p yillik shogirdi Saul Niges bilan kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Londonliklar ispaniyalik xavbekni 5 mln yevro evaziga bir mavsum uchun ijaraga olishdi. Tasavvur qilyapsizmi: Kante, Jorjinyo, Kovachich, Saul, Maunt, Ziyesh. «Aristokratlar» ushbu chizig‘i bilan istalgan klub bilan raqobatlasha oladi.

«Renn» yarim himoyachisi Eduar Kamavinga 31 mln yevro evaziga «Real» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi. Fransiyalik iqtidor egasining oldida MYU va PSJ variantlari ham bor edi. Ammo, u "Qirollik klubi"da faoliyatini davom ettirishni tanladi.


Amalga oshmay qolgan transferlar

Kilian Mbappe PSJdan «Real»ga yo‘l olishi kutilgan edi. Lekin, futbolchining o‘zi ushbu transferni istagan bo‘lsa ham, Parij klubi rahbariyati bir necha takliflarni ko‘rib chiqdi hamda «Real»ning barcha takliflarini rad etdi. Shu o‘rinda, parijliklar Mbappega yiliga 45 mln yevro maosh bilan 2024 yilga qadar shartnoma ham taklif qildi. Ammo, Kilian ushbu taklifni ham rad etdi. Bu ketishda, 22 yoshli hujumchi kelasi yilda erkin agent sifatida «Real»ga yo‘l olishi mumkin.

Erling Xoland

"Borussiya Dortmund" forvardi Erling Xolandga PSJ va «Chelsi» jamoalaridan jiddiy qiziqish bo‘lganiga qaramay, norvegiyalik yangi mavsumni dortmundliklar safida davom ettiradigan bo‘ldi.

Xarri Keyn "Manchester Siti"ning asosiy maqsadi bo‘ldi. Biroq, ushbu yozgi transferlar oynasida «Tottenhem» 28 yoshli futbolchisini qo‘yib yubormadi. Natijada, bir necha kun «shporlar» mashg‘ulotlarida ko‘rinish bermagan Keyn endilikda yana jamoaning yetakchisi sifatida «Tottenhem» sharafini himoya qiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:38, 01.09.2021.
O'qildi: 5974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.