Rossiyalik taniqli sportchi Xabib Nurmagomedov Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Uningcha, bu xabar kutilmagan yangilik sifatida qayd etilmagan.
«Taxminan bir oy oldin, u menga Manchesterga ko‘chib o‘tishini aytgandi. Bu men uchun ajablanarli holat.
Menimcha, unga «Yuventus»dan ko‘ra Manchester ko‘proq mos keladi. Ronaldu to‘g‘ri yo‘lda, - deydi Xabib.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillar mobaynida avval ham «Manchester Yunayted»da o‘ynagan edi.