Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. Safiya Burxanova – Rio-2016 «kumush»ini «oltin»ga aylantirdi

Tokio-2020. Safiya Burxanova – Rio-2016 «kumush»ini «oltin»ga aylantirdi

Baho:
+1 | -

Tokiodan xushxabarlar kelishi davom etadi. Bundan biroz avval para yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu mavsumdagi eng yaxshi natija sifatida ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Safiya Burxanova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Braziliyadagi paralimpiadada chempionlikni qo‘lga kiritgan italiyalik Assunta Legnante bu safar kumush medal bilan cheklandi (14,62 m.). Meksikalik Rebeka Alvares Rio-2016da bo‘lgani kabi bu safar bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 17 taga yetdi: 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 06:52, 03.09.2021.
O'qildi: 5369 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик