Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Mash’al» bosh murabbiyiga musht tushirgan «Metallurg» boshlig‘i 1 yilga diskvalifikasiya qilindi

«Mash’al» bosh murabbiyiga musht tushirgan «Metallurg» boshlig‘i 1 yilga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.

Superliga 16-turi doirasidagi «Metallurg» – «Mash’al» uchrashuvi yakunidan so‘ng «Metallurg» jamoasi rasmiy vakili Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan «Mash’al» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba berdi. Mazkur xunuk holat keng jamoatchilikning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Ushbu xatti-harakati uchun Shavkat Saidovga 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021 yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan lisenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.

Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Superliga 16-turi doirasidagi «Metallurg» – «Mash’al» uchrashuvi yakunidan so‘ng «Metallurg» futbol klubi a’zolari stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarib, hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishdi. «Metallurg» futbol klubi uchrashuvda tartib-intizomni ta’minlamagani, maydon va uning atrofida vujudga kelgan tartibsizliklarning oldi olinmagani uchun jazolanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:33, 03.09.2021.
O'qildi: 4589 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик