Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Messi: «Biz 3 kundan beri Braziliyadamiz, nima uchun ertaroq kelishmagandi?»

Messi: «Biz 3 kundan beri Braziliyadamiz, nima uchun ertaroq kelishmagandi?»

Baho:
+2 | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida belgilangan Braziliyaga qarshi o‘yin to‘xtatilgan paytda Braziliya sog‘liqni nazorat qilish milliy agentligi vakiliga murojaat qildi.

«Biz 3 kundan buyon Braziliyadamiz, bu o‘yinni kutdik. Nima uchun ertaroq kelmadingiz? Butun dunyo bizni kuzatyapti» – deya so‘radi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasining 4 nafar a’zosi — Emiliano Martines, Emiliano Buendia (ikkisi – «Aston Villa»), Jovani Lo Chelso va Kristian Romero (ikkisi – «Tottenxem») karantin qoidalariga xilof ravishda mamlakat kirganini ro‘kach qilib maydonga Braziliya sog‘liqni nazorat qilish agentligi vakillari hamda polisiya kirib kelgani uchun o‘yin 4-daqiqada to‘xtatildi. Shundan so‘ng bahs 40 daqiqa to‘xtab turdi va bekor qilindi.

Qoidaga ko‘ra, Buyuk Britaniyadan Braziliyaga keladigan fuqarolar 14 kunlik karantinda o‘tirishi shart. Sog‘liqni nazorat qilish xizmatining tasdiqlashicha, yuqoridagi 4 o‘yinchi mamlakat migrasiya xizmatiga noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Ya’ni ular so‘nggi paytda Buyuk Britaniyada bo‘lmaganini aytishgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:36, 06.09.2021.
O'qildi: 10970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик