Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Matonatli paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi

Matonatli paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -

Sayyoramiz para atletlari 5 yil orziqib kutgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu o‘yinlarda 8ta sport turidan ishtirok etdi. Delegasiyamiz a’zolari 8ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza, jami 19ta medal qo‘lga kiritgan holda 168ta mamlakat vakillari qatnashgan dunyoning yirik sport anjumanida umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.

Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya va Eron kabi qudratli davlatlardan so‘ng to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida Rosciya Paralimpiya qo‘mitasi, Ukraina va Ozarbayjondan so‘ng to‘rtinchi, Turkiy davlatlar orasida Ozarbayjondan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘ldik. Shubhasiz, bunday natija Yangi O‘zbekiston uchun mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ular orasida Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Para atletlarimizning nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida erishgan tarixiy g‘alabalarimiz ham ana shu e’tiborining samarasidir.

Bugun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridan qaytib kelgan matonatli sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduhakimov boshchiligidagi keng sport jamoatchiligi, OAV vakillari va blogerlar tantanali kutib olishdi.

Shundan so‘ng paralimpiyachilarimiz usti ochiq avtobuslarda poytaxtimizning markaziy ko‘chalaridan o‘tib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo‘l olishdi. Shahar ko‘chalariga chiqqan minglab yurtdoshlarimiz matonatli va jasur sportchilarimizni olqishlar bilan kutib olishdi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yetib kelgan mamlakatimiz paralimpiya delegasiyasi a’zolari dastlab “Mustaqillik monumenti” poyiga gulchambar qo‘yishdi. So‘ngra bu yerda Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar sportchilarimizning Tokio arenalarida ko‘rsatgan matonatu jasoratlarini yuksak darajada e’tirof etishdi. Xalqimizga olam-olam quvonch ulashgani uchun paralimpiyachilarimizga minnatdorlik bildirildi.



Nihoyat eng hayajonli lahzalar yetib keldi. XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi. Unga ko‘ra, oltin medal sohiblarining har biriga «Tahoe» avtomobili, 200 ming AQSH dollari hamda Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egalariga «Traverse» avtomobili, 100 ming dollar va Toshkent shahridan 2 xonali uy hamda bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarga esa «Trailblazer» avtomobili, 50 ming dollar va Toshkent shahridan 1 xonali uyning kalitlari taqdim etildi. Sovg‘alarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov tantanali ravishda topshirishdi.



Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik sportchilarimiz uchun katta motivasiya berish bilan bir qatorda ularni yangi g‘alabalar sari ruhlantiradi. Tadbirda so‘zga chiqqan sportchilarimiz “bizning motivatorimiz – bu bizning Prezidentimiz” deb bejiz aytishmadi. Zotan, davlatimiz rahbari tomonidan Paralimpiya sportini rivojlantirish va paralimpiyachi sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bularning mahsulini biz Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallar misolida ko‘rib turibmiz.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 06:54, 07.09.2021.
O'qildi: 3782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.