Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Navbahor» muxlislari viloyat hokimligi va O‘zPFLni tinch qo‘ymayapti

«Navbahor» muxlislari viloyat hokimligi va O‘zPFLni tinch qo‘ymayapti

Baho:
+ | -

Namanganlik futbol muxlislarining bir jihatiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Ular stadionga qaytishni istab, na PFL va na viloyat hokimiyatini tinch qo‘yadi. Talabchanlik yuqori darajada. Bugun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosaridan ham shu masalada xat keldi. Viloyatdagi karantin bilan bog‘liq vaziyatni ular bizdan yaxshiroq biladi, shuningdek, mas’uliyat, xavfsizlik, tartib kabi masalalarni o‘z zimmalariga olishga tayyor. Bu albatta yoqimli jihat.

Gap kelganida bir jihatni aytish kerak. Tarkib yoki tajriba bobida "Navbahor" futbol klubi bugun "Paxtakor" bilan raqobat qila olmasligi mumkin. Ammo aynan muxlislar bu ikki jamoa o‘rtasida shunday muhitni vujudga keltirishdiki, qolgan masalalar ikkinchi darajaga chiqdi, maydonda asosan teng kurash ko‘rishga odatlandik.

O‘z vaqtida "Paxtakor" — "Neftchi", "Paxtakor" — "Bunyodkor", "Paxtakor" — "Lokomotiv" kabi klassik qarama-qarshiliklarni ko‘rganmiz. Bugun tan olish kerak, "Paxtakor" — "Navbahor" o‘yini TOP darajada. Uning arafasida va undan keyin hech kimga tinchlik yo‘q. Aslida mana shunday atmosfera chempionatni rivojlantiradi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:03, 09.09.2021.
O'qildi: 6333 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик