Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Boliviya darvozasiga uchta gol kiritdi.
Bu bilan 34 yoshli futbolchi jahon chempionatiga Janubiy Amerika qit’asida ikkinchi marta xet-trikka erishmoqda.
Opta xabariga ko‘ra, Messidan oldin hech bir argentinalik bu ishni uddalay olmagan.
Umuman olganda, yulduz hujumchi terma jamoada etti marta xet-trik qayd etgan.