Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Dani Alvesga BAA va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif bor

Dani Alvesga BAA va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Maosh borasidagi muammolar sabab, "San-Paulu" klubidan ketgan 38 yoshli braziliyalik himoyachi Dani Alves darhol bir nechta badavlat klublarning e’tiborini tortdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira tvitterda ma’lum qildi.

Manba ta’kidlaganidek, mashhur futbolchi faoliyatini yakunlamoqchi emas va unga BAA va Saudiya Arabistoni klublaridan bir nechta takliflar tushgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli "San -Paulu" futbolchilar, shu jumladan Alvesning oylik maoshini qisqartirdi. Tomonlarning kelishuviga binoan, summani keyinroq to‘lash to‘g‘risida kelishib olindi. Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng Dani Alves "San-Paulu" qarzni to‘lashni kechiktirayotganini aytdi. Shundan so‘ng, futbolchi va klub o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi.

2019 yil avgust oyida braziliyalik himoyachi "San-Paulu" bilan shartnoma imzoladi, unga ko‘ra Alvesning oylik maoshi 280 ming dollar etib belgilangan. 38 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasi 2022 yilning dekabrigacha hisoblangan edi.

Kiritildi: 09:49, 11.09.2021.
O'qildi: 2457 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик