Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bu hafta APLda kimlar o‘z debyutini o‘tkazadi?

Bu hafta APLda kimlar o‘z debyutini o‘tkazadi?

Baho:
+ | -

Ikki haftalik tanaffusdan keyin bugun APL yana qaytadi. 11 sentyabrda bir qancha bahslar starti belgilab qo‘yilgan. 2021 yilning yozgi transferlar oynasi o‘tgan oy yakunida rasman yopildi. Endilikda har bir klub qishning yanvar oyigacha tarkibida kimlar borligini tahlillab oladi. «Arsenal», «Chelsi» hamda «Tottenxem»lar o‘z tarkibini kuchaytirish bilan band edi. Ular bir nechta yangi nomlarni jalb eta olishdi. Shuningdek, «MYU», «Man Siti», va «Liverpul» ham yozda aktiv edilar. Quyida siz bilan bugun va ertaga kimlar debyut o‘yinini o‘tkazishi mumkinligini haqida gaplashamiz.

1. Krishtianu Ronaldu – «MYU»

Shubha yo‘qki, yozgi oynada Ronalduning Old Traffordga ko‘chisi eng katta shov-shuvlardan biri bo‘ldi. Uning shartnomasi so‘nggi soatlarda e’lon qilindi va portugaliyalikning debyuti xalqaro tanaffus tufayli kechikibroq amalga oshadigan bo‘lgandi. «MYU» ustozi Sulsher bugun «Nyukasl» bilan bahsda Ronaldu maydonga tushishi mumkinligini aytib o‘tgan.

2. Kurt Zuma – «Vest Xem Yunayted»

Zuma o‘zining 7 yillik Stemford Brijdagi faoliyatiga bu mavsum avvalida yakun yasadi. U Londonning boshqa bir klubi «Chelsi»ga o‘tdi. 26 yoshli futbolchi «aristokratlar» safida UYEFA Super kubogida «Vilyareal»ga qarshi ishtirok etdi va g‘alaba qozondi. Endi u ham «bolg‘achilar»ning shanba kungi «Sautgempton» bilan o‘yinida debyut qilishi mumkin bo‘ladi.

3. Ibrahima Konate – «Liverpul»

«Liverpul» Konate transferini oynaning boshidayoq tasdiqlagan edi. U «Leypzig»dan tashrif buyurgan. Jamoaning asosiy futbolchilari Van Deyk hamda Jo Gomez safga qaytgani hamda Joel Matipning yaxshi formada ekani, fransuz futbolchisini zahiraga mixlab qo‘yishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham 22 yoshli Konate «Lids»ga qarshi o‘yinda debyut qilish ehtimoli bor. Negaki, Klopp Angliyadagi, balki dunyoning ham eng rotasiyaga moyil mutaxassisi hisoblanadi.

4. Maykl Olis – «Kristal Pelas»

«Kristal Pelas» Maykl Olisni chempion «Riding»dagi ajoyib o‘yinlari tufayli sotib oldi. «Burgutlar» ustozi Patrik Viyeyraning gapiga ko‘ra, yosh futbolchi «Shporlar»ga qarshi shanba kungi o‘yinda debyut qilishi belgilangan. Bu debyut asosiy tarkibdan bo‘ladimi yoki zahiradan, Olis yangi klubda harakat qilishni bugundan boshlab yuborishi mumkin. U «Tottenxem»ning muvaffaqiyatli odimini to‘xtatishga xizmat qilishi kerak.

5. Takexiru Tomiyasu – «Arsenal»

Tomiyasu Italiya klubi «Bolonya»dan Londonga tashrif buyurdi. Futbolchining transferi yozning so‘nggi kunida e’lon qilindi. U 16 million funt evaziga sotib olingan. Yapon himoyachisi hafta davomida jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tadi. U Mikel Arteta ijozati bilan «Norvich»ga qarshi mudofaa qo‘rg‘onini himoyalashda yordam berishi mumkin. Klub o‘z himoyasini tartibga keltirish hamda mustahkamlash uchun mavsum avvalida 70 million funtdan ziyodroq mablag‘ sarf etgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 15:29, 11.09.2021.
O'qildi: 2973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик