Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

MDH o‘yinlari: Sport turlari kesimida tahlil

MDH o‘yinlari: Sport turlari kesimida tahlil

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

4-11-sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida birinchi MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mintaqa sportini birlashtirgan mazkur tadbirda O‘zbekiston delegasiyasi umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada sportchilarimiz 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza, jami 91 ta medal qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keling, ushbu musobaqa haqida bir qator qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu sport o‘yinlari MDHga a’zo 9 ta mamlakat (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) xalqlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim shartlarini amalga oshirish maqsadida ilk bor tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston sport delegasiyasi jami 166 nafar sportchi (shu jumladan, 56 nafar qizlar) bilan 15 ta sport turi bo‘yicha qatnashdi. Delegasiyamiz a’zolari boks, erkin kurash va yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, koresh, o‘q otish, basketbol, muay-tay, sambo, dzyudo, karate, badiiy gimnastika, futzal, badminton sport turlarida shohsupaga ko‘tarilishdi.

Ular orasida yoshlarimizning basketbol, futzal kabi turlarda medal qo‘lga kiritgani jamoaviy sport turlarida iqtidorli avlod yetishib chiqayotganidan dalolat bermoqda. Qayd etish joiz, reglamentga ko‘ra, musobaqada 14-23 yosh oralig‘idagi sportchilar ishtirok etishgan.

Sport turlari kesimiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, belbog‘li kurash sportida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganimizni alohida aytib o‘tish o‘rinli. Shuningdek, boks va dzyudo bahslarida ikkinchi, sambo, basketbol, koresh, badiiy gimnastika, futzal dasturlarida uchinchi bo‘ldik.

Delegasiyamiz ertaga soat 21:10 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keladi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 18:10, 12.09.2021.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик