Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tennis. Medvedev finalda Jokovichni mag‘lub etib, «US open»ni qo‘lga kiritdi

Tennis. Medvedev finalda Jokovichni mag‘lub etib, «US open»ni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ikki hafta davomida Nyu-York shahrida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi US Open turniri Daniil Medvedevning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dunyoning ikkinchi raketkasi bo‘lib turgan rossiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi va uch setda ham bir xil hisobdagi o‘zi uchun tarixiy g‘alabaga erishdi - 6/4, 6/4, 6/4.

Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan finalda 25 yoshli Daniil 4 ta breyk-poynt, 16 ta eys zarbani amalga oshirdi. 34 yoshli Novak esa 6 ta eys zarbani ijro etdi. Tennischilarning o‘zaro uchrashuvlarida Medvedev hisobni minimal ko‘rinishda qisqartirdi - 4:5.

Shu tariqa, Daniil Medvedev faoliyatidagi ilk "Ulkan toj" sovriniga ega chiqdi. Muvaffaqiyatli ishtirok rossiyalik tennischiga 2,500,000 dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi. Medvedev bu g‘alabasi bilan Jokovichning bir mavsumda to‘rtta "Ulkan toj" turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilib qoldi.

Agar Novak Jokovich finalda g‘alaba qozonganida, mavsumdagi barcha "Ulkan toj" turnirlari bosh sovrinini qo‘lga kiritar va bu bilan afsonaviy Rod Leyverning natijasini takrorlagan bo‘lar edi. Serbiyalikning "Ulkan toj"lardagi chempionlik titullari 20 taligicha qoldi. Aynan shuncha sovringa Rojer Federer va Rafael Nadal ham ega.

Manba: olamsport.com
Kiritildi: 08:23, 13.09.2021.
O'qildi: 3991 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.