Kirish Ro'yxatdan o'tish

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets Lionel Messining ketishi haqida gapirdi.

"Messining ketishi barcha uchun shok bo‘ldi. Leo "Barselona"ga va shaxsan menga ko‘p narsa berdi. Bularni hazm qilish qiyin bo‘ldi. Ammo, endilikda Messisiz o‘yinga ko‘nikish kerak.

"Barselona" Leosiz Chempionlar Ligasini yuta oladimi ? Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsum favorit bo‘lmagan bo‘lsa ham, "Chelsi" Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.

Bizda endilikda Messining individual sifatlari yo‘q. Biz qiyinchilikni sezamiz, ammo bizning maqsadlarimiz yuqori va g‘alaba qozonishni xohlaymiz", – deydi Buskets intervyusida.

Kiritildi: 17:56, 13.09.2021.
O'qildi: 3377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.