Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Jasur Jaloliddinovning «Lokomotiv M» bilan shaxsiy shartnomasi Vadim Abramov tomonidan tuzib chiqilgani aytildi. Mutaxassis esa agentlik bilan shug‘ullanmasligini aytib keladi

Jasur Jaloliddinovning «Lokomotiv M» bilan shaxsiy shartnomasi Vadim Abramov tomonidan tuzib chiqilgani aytildi. Mutaxassis esa agentlik bilan shug‘ullanmasligini aytib keladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov murabbiylik faoliyati bilan bir vaqtda agentlik bilan shug‘ullangani borasida ham farazlar mavjud. Shunga qaramay, mutaxassis bu ayblovlarni keskin inkor qilib keladi.

Avvalroq «Bunyodkor» sobiq futbolchisi Jasur Jaloliddinov «Sports.uz» saytiga bergan intervyusida shunga shama qilib o‘tdi. Unga ko‘ra, Jaloliddinov Abramovga agentlar bilan shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligi haqida aytgan. Biroq Abramov buning iloji yo‘qligini, aks holda futbolchi 1 million dollar tovon puli to‘lashi kerakligini aytgan. Ma’lum bo‘ladiki, Abramov agentlar bilan shartnoma shartlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan.

Shuningdek, «Bunyodkor» klubida faoliyat olib borgan mutaxassis Abror Imomxo‘jayev o‘zining Facebook sahifasida bu haqda post qoldirdi. Unda qayd etilishicha, Jaloliddinov bilan bog‘liq shartnomalar aynan Abramov tomonidan ishlab chiqilgan. Imomxo‘jayevning ta’kidlashicha, Jaloliddinovning «Lokomotiv M» bilan shaxsiy shartnomasi Abramov tomonidan tuzilgan va «Bunyodkor» ofisidagi kompyuterda terilgan. Mutaxassis pandemiya davrida futbolchini Moskvaga o‘z vaqtida jo‘nata olmagan klub ma’murini ishdan haydagani ham aytilgan.

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov JCH—2022 saralashi 2-bosqichi 1-turidan keyin Ektor Kuperning o‘rnini egalladi. Uning qo‘l ostidagi jamoa guruhda Saudiya Arabistonidan keyingi o‘rinni egalladi, biroq bu hal qiluvchi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundial saralashining hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:40, 14.09.2021.
O'qildi: 3527 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.