Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Ayni paytda chempionatda oson o‘yinlar qolmagan»

Mirjalol Qosimov: «Ayni paytda chempionatda oson o‘yinlar qolmagan»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Turon"ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«G‘alabasiz seriyamizdan so‘ng bugun muxlislarni xursand etish va kerakli ochkolarni jamg‘arib olishni maqsad qilib, bugungi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘tgan uchrashuvga nisbatan tarkibda qator rotasiyalarga qo‘l urdik. Imkon boricha, barcha futbolchilarga doimiy imkoniyat bermoqdamiz. O‘ylaymanki, bugun yaxshi o‘yin namoyish etib, haqli ravishda g‘alaba qozondik. Ayni paytda chempionatda oson o‘yinlar qolmagan. Musobaqa jadvali yuqorida sovrinli o‘rinlar uchun kurash keskin kechmoqda. Turnir jadvalining quyida ham har bir jamoa ochko uchun qattiq bellashmoqda. Igor Shkvirin boshqaruvidagi «Turon» ham yaxshi jamoa. Ularga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman.

Bizni buyog‘iga ham yanada jiddiy o‘yinlar kutmoqda. Kerakli ochkolarni jamg‘arish kerak. AGMK kelasi o‘yinlarda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushib, muxlislarini xursand qilishga astoydil harakat qiladi. Bugungi g‘alabani bizni doimo qo‘llab-quvvatlaydigan ishqibozlarimizga bag‘ishlaymiz», — dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 07:30, 16.09.2021.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик