Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Futzal chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi qachon start olishi ma’lum

Futzal chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi qachon start olishi ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu yilning 12 iyul sanasida futzal klublariga murojaat qilgan bo‘lib, unda chempionat uchun transfer kunlari hamda yangi mavsumning rejalashtirilayotgan sanasini ma’lum qilgandi, deb xabar beradi O‘zPFL rasmiy sahifasida.

Avval xabar berilganidek, futzal chempionati uchun birinchi transfer oynasi 2 avgust sanasida ochilgan va u 6 oktyabrga qadar davom etadi. Qishki transfer esa 17 yanvar — 12 fevral sanalari oralig‘ida amalda bo‘ladi. Yangi mavsum esa 9 oktyabr sanasida start olishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtga kelib O‘zPFL tomonidan futzal musobaqalari uchun Reglament tayyor holga keltirilgan bo‘lib, u muhokama uchun futbol klublari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga taqdim etilgan. Shuningdek, O‘zPFL mazkur Reglamentni jamoatchilik muhokamasi uchun ham e’lon qiladi. Uni quyidagi havola yordamida ko‘chirib olish imkoniyati mavjud. Biz bu boradagi taklif va tanqidlaringiz uchun ochiq ekanligimizni ma’lum qilamiz, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Manba: ЎзПФЛ
Kiritildi: 15:56, 16.09.2021.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик