Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Bunyodkor» - «Lokomotiv» uchrashuvi Olmaliqda bo‘lib o‘tadi

«Bunyodkor» - «Lokomotiv» uchrashuvi Olmaliqda bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 17-25 sentyabr kunlari poytaxtimizda ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2022 saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent saralash bosqichining «E», «F» hamda «G» guruhlariga mezbonlik qilmoqda. Uchrashuvlar «Bunyodkor», «Jar» va «Paxtakor» stadionlarida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, «Bunyodkor» 21 sentyabr kuni Superliganing 19-turi doirasida «Lokomotiv»ni qabul qilishi kerak. Jamoaning uy stadioni «Bunyodkor»da xalqaro o‘yinlar o‘tkazilishi va ketma-ket bo‘ladigan uchrashuvlar maydonning chimini sifatiga salbiy ta’sir qilishini inobatga olgan holda «Bunyodkor» - «Lokomotiv» bahsi Olmaliq shahrida tashkil etiladi. O‘yin 21 sentyabr kuni OKMK stadionida 19:00da start oladi.

O‘rinbosarlar o‘rtasidagi bahsning rejasida o‘zgarish yo‘q. Uchrashuv 20 sentyabr kuni «Bunyodkor» akademiyasi maydonida 16:30da boshlanadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:20, 18.09.2021.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик