Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Anasxon Rahmatov bilan suhbat: JCH taassurotlari, Misrga qarshi hal qiluvchi gol va boshqalar haqida

Anasxon Rahmatov bilan suhbat: JCH taassurotlari, Misrga qarshi hal qiluvchi gol va boshqalar haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi Anasxon Rahmatov FIFA.com sayti jurnalisti bilan suhbatlashdi. Mazkur intervyu FIFA tomonidan O‘FA mediasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Anasxon Rahmatovning O‘zbekistonni 1/8 finalga olib chiqqan ajoyib goli… “Oq bo‘rilar” shanba kuni Misr ustidan g‘alaba qozonishdi.

Tayyorgarlik bu hamma narsani hal qiluvchi omil. Muhim gollarni urish — bu diqqatni jamlash, to‘pga hushyor munosabatda bo‘lish va unga aniq vaqtda zarba berish… Bu o‘zbekistonlik Anasxon Rahmatovning Misrga qarshi hal qiluvchi golining ssenariysi.

Darvozadan 15 metr narida joylashgan Rahmatovning xayolida faqat bitta narsa bor edi — to‘p unga qarab kelmoqda, u esa Misr darvozasining yuqori burchagiga nishonga olishi kerak. Gol muallifining FIFA.com saytiga tushuntirganidek, hammasi tayyorgarlikka borib taqaladi.

“O‘ziga xos narsa shuki, men gol bo‘lishini bilardim”, — deydi Rahmatov. “O‘zimni ishonchli his qilardim, chunki hamma o‘yindan oldin menga gol urishim kerakligini aytgan edi.

Bu haqiqatan ham hamma narsadan ko‘ra muhimroq gol edi. Men zarba berish payti ota-onam, do‘stlarim, vatandoshlarim va jamoam haqida o‘yladim. Ular tufayli shu yerda ekanligimni hayolimdan o‘tkazdim”.

“O‘yindan oldin hammada bosim bor edi, o‘sha payti O‘zbekiston dastlabki ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan holda «B» guruhining eng so‘nggi pog‘onasini egallab turgandi. Ammo hammamiz bizni oldinda kutib turgan narsaga tayyor edik.

Bunday o‘yin uchun motivasiyani olish qiyin emas. Birinchi o‘yinimizda biz Jahon chempionatining bosimini his qildik. Biz ikkinchi o‘yinda yaxshiroq o‘ynadik, lekin raqib juda kuchli edi.

Uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo‘q edi. Chunki siz kim bilan o‘ynayotganingiz yoki sizga bosim o‘tkazishayotgani muhim emas. Siz faqat g‘alaba qozonishingiz kerak. Bunday o‘yinlardan haqiqiy motivasiyani olish mumkin”.

Anasxonning fantastik goli nafaqat O‘zbekistonni keyingi bosqichga olib chiqdi, balki futzal bo‘yicha Jahon chempionatidagi ilk g‘alabani ham taqdim etdi.

"Bizning 2016 yildagi eng katta yutug‘imiz — bu bizning birinchi marta jahon chempionatiga chiqqanimiz edi. O‘sha mundialda bir ochkoni, bu gal esa biz 3 ochkolik g‘alaba va nimchorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik.

Bularning bari birinchi turnirdan saboq olganimiz va kerakli xulosalarni chiqarganimizni anglatadi. Bu yergacha yetib kelishimiz tasodif emasligini, bundanda yaxshiroq natija qilishga qodir ekanligimizni ko‘rsatishimiz shart edi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirga astoydil tayyorgarlik tufayli maqsadlariga erishdi.

Biz Ispaniya, Portugaliya va Argentina kabi dunyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdik. Mamlakatimiz assosiasiyasi bunday o‘yinlarni tashkillashtirib berdi va eng yaxshi sharoitlarni taqdim qildi, shuning uchun ularga rahmat aytaman.

Meni futzalda eng ko‘p qoyil qoldirgan o‘yinchi bu Duglas. U shunchaki ajoyib. Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kakani ham futbol kumirim sifatida bilaman. Duglasga qarshi o‘ynash orzu bo‘lardi. Har bir o‘yinchi o‘z qahramoniga qarshi maydonga tushishni orzu qiladi va bu uchrashuv Jahon chempionati doirasida bo‘lsa, yanada ajoyib bo‘lardi".

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:23, 21.09.2021.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик