Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: «Ayni paytda durang ham yomon natija emas»

Aleksandr Xomyakov: «Ayni paytda durang ham yomon natija emas»

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan «Mash’al» – «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Darhaqiqat kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Yutishni istagandik. Mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Hozirgi holatimizda ochko olganimizni hisobga olsak, natija yomon emas. Ko‘rgan bo‘lsangiz, gol urish uchun chiroyli vaziyatlar bo‘ldi. Bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayni pallada bu durang bizga bir ochko berdi. «So‘g‘diyona» medallarga kurashmoqda. Raqib funksional jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turibdi», - deydi Aleksandr Xomyakov.

– Jamoa birinchi davrada Jizzaxda 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Ulug‘bek Baqoyev bilan to‘qnashuv haqida nima, deya olasiz?
– Men bunga ko‘p e’tibor berganim yo‘q. Har bir o‘yin biz uchun muhim.

– «Metallurg» bilan o‘yindan so‘ng Shavkat Saidov bilan yuzaga kelgan vaziyatni o‘zaro muhokama qilib oldinglarmi? O‘rtalaringda boshqa ziddiyat yo‘qmi?
– Futbol haqida so‘ranglar. «Sariq matbuot» bo‘lib qolyapsizlar (kuladi). Futbol haqida savol bormi?

– Bugun «Mash’al» durang uchun o‘ynagandek ko‘rindi…
– Vaziyatga real baho berish kerak. Dastlabki 15 daqiqalikda birinchi raqam ostida o‘ynadik. To‘g‘ri hujumkor, muxlislarbop futbol ko‘rsatishni istaymiz. Lekin imkoniyatdan kelib chiqib ish qilish kerak. «So‘g‘diyona»ning uslubini o‘zrgartirgani meni ajablantirdi.

– Jamoada rasman siz bosh murabbiy bo‘lsangizda ayrim holatlarda Dilyaver Vaniyev turib ko‘rsatma berayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bugun sariq kartochka bilan ogohlantirildi…
– Hakamlarni emas, o‘yinni gapirishni istayman. Hissiyotlarda bo‘lishi tabiiy.

– Godvin Chikani bugungi o‘yini haqida fikringiz qanday? U to‘rtinchi o‘yindirki gol ura olayotgani yo‘q…
– Futbolda mayda kamchilik bo‘lmaydi. Mana shunday kichik vaziyatlarda futbolchining mahorati o‘z so‘zini aytyapti.

– OFK kubogi uchrashuvlari siz uchun qanchalik qiziq?
– Albatta «Nasaf»ga muxlislik qilaman va uchrashuvni tomosha qilaman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:11, 21.09.2021.
O'qildi: 1206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик