Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

«Manchester Siti» Rodri va Niko Gonsales o‘rnini to‘ldirish uchun katta transferlarga tayyor

«Manchester Siti» Rodri va Niko Gonsales o‘rnini to‘ldirish uchun katta transferlarga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» transfer oynasining so‘nggi haftasi juda qizg‘in o‘tishini kutmoqda. Klub futbol direktori Ugu Viyana Rodri va Niko Gonsalesning ketishi ortidan yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi qidirishda davom etmoqda.

«Lill» bilan muzokaralarda siljish kuzatilgan va Ayyub Buaddining 85 million funt sterlinglik transferi amalga oshishga yaqinlashgan. Shunga qaramay, «Manchester Siti» kamida yana bir yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

«Chelsi» futbolchisi Enso Fernandes hamon klubning ustuvor transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biroq London klubi argentinalik futbolchini 120 million funt sterlingga baholayotgani «shaharliklar» uchun haddan tashqari yuqori narx sifatida ko‘rilmoqda.

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott hamda «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uortonni qo‘lga kiritish imkoni bo‘lmagan. «Roma» a’zosi Manu Kone esa hamon real variant sifatida ko‘rilmoqda. Biroq transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolgani sabab «Manchester Siti» fransuz futbolchisi uchun odatdagidan yuqoriroq narx to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ayni paytda Jek Grilishning «Everton»ga qaytishi masalasi ham ochiq qolmoqda. Ikki klub transfer formati bo‘yicha hali kelishuvga erisha olmagan. «Manchester Siti» futbolchini to‘liq sotib yuborishni istamoqda, «Everton» esa o‘tgan mavsumdagi 12 million funt sterlinglik ijara kelishuvidan arzonroq variantni talab qilmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, «Manchester Siti» transfer oynasi yopilguniga qadar tarkibni tark etgan futbolchilar o‘rnini to‘ldirishga «qat’iy bel bog‘lagan».

Kiritildi: 17:05, 25.08.2026.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик