Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Kuman matbuot anjumanida oldindan tayyorlab kelgan matnni o‘qib berdi

Kuman matbuot anjumanida oldindan tayyorlab kelgan matnni o‘qib berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La liganing 6-turidan o‘rin olgan «Kadis»ga qarshi uchrashuvdan tashkil etilgan matbuot anjumanida tayyorlab kelgan matnni o‘qib berdi.

Shundan so‘ng mutaxassis jurnalistlarning savollariga javob bermasdan matbuot anjumani zalini tark etdi.

«Mening boshqaruvimdagi klub tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Natijalar esa moliyaviy ahvolga bog‘liq.

Demak, klub va jamoa katta pul tikmasdan turib vaziyatga moslashishi kerak. Buning uchun esa vaqt talab etiladi. Yosh iqtidor egalari ikki yildan keyin jahon darajasidagi yulduzga aylanishi mumkin. Yosh futbolchilarda Xavi va Inyesta kabi imkoniyat mavjud, ammo sabr-toqat talab etiladi.

La liga jadvalida yuqori pog‘onalarda qolish muvaffaqiyat hisoblanadi. Chempionlar ligasida esa mo‘jiza kutish kerak emas. Yevropada o‘ynash — katta tajriba. «Bavariya»dan qabul qilingan mag‘lubiyatga shu nuqtai nazardan yondashish lozim.

Hozirgi paytda biz qo‘llab-quvvatlashga muhtojmiz. Biz amalga oshirayotgan jarayonni qo‘llab-quvvatlang. Matbuot bizdagi jarayonni tan oladi, buni bilaman. Bundan holat tariximizda ilk marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Qiyin pallada sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtojmiz.

Jamoa sifatida biz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan qoniqish hosil qilyapmiz», – dedi Kuman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:54, 22.09.2021.
O'qildi: 5746 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.