Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Tezkor gol raqib ruhiyatini sindirdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Tezkor gol raqib ruhiyatini sindirdi»

Baho:
+ | -

OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Hindistonning “Mohun Bagan” jamoasi bilan kuch sinashdi va yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sherzod Nasrullayev ishtirok etishdi.

“Barcha yurtdoshlarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz, biz ularni bugun xursand qila oldik. Asosiysi bugun yigitlar mas’uliyatni his qilib o‘yinga tayyorgalik ko‘rishgandi. Raqib jamoa haqida gapiradigan bo‘lsam, raqib bilan o‘ynab ko‘rmaguncha u haqida biror narsa deyish qiyin. Lekin bugungi bellashuv shuni ko‘rsatdiki biz ularga qaraganda ancha tezkormiz va bu bizga ustunlik berdi. Tezkor golimiz ham ularni ruhan sindirdi. Stadionga kelgan muxlislar bizga katta kuch bag‘ishladi. G‘alabada ruhiy tayyorgarlik juda muhim. Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barchani tabriklayman”, – dedi Ro‘zqil Berdiyev.


"Avvalambor barcha muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘ylaymanki o‘z o‘yinimiz bilan biz ularni xursand qila oldik. Biz o‘z oldimizga finalga chiqishni maqsad qilganmiz va nasib etsa finalga chiqamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz”, – dedi Sherzod Nasrullayev.

"Penalti tepish bo‘yicha qaysidir futbolchiga ko‘rsatma bermaganmiz. Futbolchilar o‘zaro kelishib olishdi va Oybek Bozorov penaltini amalga oshirdi. Chunki u bugun juda ham gor urishni istagan edi.

Kaluderovichning kelishi raqobatni kuchaytiradi. Husayn Norchayev ham yaxshi o‘ynamoqda. Legioner keldi deb, Norchayevni zaxiraga o‘tkazib qo‘yib bo‘lmaydi. Sog‘lom raqobatni borligi yaxshi.

“Nasaf” OFK kubogida ko‘proq qarshilikka uchrayaptimi yoki Superligada? Ichki chempionatda. Chunki Superligamizda raqobat ancha kuchli. Ko‘pchilik chempionatimizning saviyasi tushib ketgani borasida gapirmoqda. Lekin oxirgi natijalarni qarasangiz chempionatimiz saviyasi ancha kuchli. Shuning uchun biz Superligada qiyinchilikka uchramoqda.

Bugungi g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz. Qolaversa, bugun eng yaqin nabiramning tug‘ilgan kuni va ushbu g‘alabani unga ham bag‘ishlayman", - deb o‘z fikrini yakunladi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:30, 23.09.2021.
O'qildi: 3255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.