Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Eduardo Kamavinga: “Real Madrid”da o‘ynash – bu orzu”

Eduardo Kamavinga: “Real Madrid”da o‘ynash – bu orzu”

Baho:
+ | -

«Real» rahbariyati yaqinda jamoaning yangi xaridi - fransiyalik vunderkind Eduardo Kamavingani omma bilan rasman tanishtirdi. «Renn»dan 30 million yevroga sotib olingan hujumkor yarim himoya­chi maxsus taqdimot marosimidan so‘ng OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida ham qatnashdi.

- Mana, «Real» ixtiyoriga o‘tdingiz. Ilk taassurotlar qanday?

- Bu yerda ekanligimdan bag‘oyat xursandman, albatta. Zero, bolaligimdan buyon aynan «Real» libosiga burkanishni orzu qilardim. Endi oilam va klub ravnaqi yo‘lida bor salohiyatimni ishga solishim muqarrar. Umuman, shu kungacha boshimizdan o‘tgan voqea­larni esga olsak, «Real» tarkibiga qo‘shilganim oilam uchun chinakam sharafdir.

- Kuchli hissiyotlar qiynamayaptimi?

- Bu yerga o‘rganish va yanada yuksalish niyatida keldim va katta chorlovlarga tayyorligimni ko‘rsatishim shart. Albatta, ko‘p ishlashim talab etiladi. Umid qilamanki, menga berilgan o‘yin vaqtidan to‘liq zavqlanaman. Ha, «Madrid» futbolchisiga aylanganimni bilganimdan buyon baxtiyorlikdan «osmonda uchyapman».

- Xo‘sh, «Real»ni tanlashingizga bolalik orzularidan tash­qari, yana nimalar ta’sir ko‘rsatdi?

- Avvalo, aytishim kerak, pul emas. Bolalik orzusini ro‘yobga chiqarish - baxt. Ochig‘i, «Real» safiga bunchalik erta qo‘shilishni o‘ylamagandim. Shunday ekan, hozir baxtdan sarmastman. «Madrid» bilan shartnoma tuzish imkoniyati tug‘ilganidan xabar topgach, bir soniya ham ikkilanmadim. Chunki buni ancha oldin oilam davrasida muhokama qilgandik, shu orzu bilan yashaganman. Qisqasi, bu obdon o‘ylangan tanlov hisoblanadi.

- Maydonda qaysi pozisiyani egallashni xohlaysiz?

- Bu haqda ko‘p so‘rashadi. Chindan ham, himoya oldida harakatlanishni yoqtiraman, lekin oldinroqda ham bemalol to‘p surishim mumkin. Umuman,  murabbiy ta­yinlaydigan har qanday pozisiyaga moslasha olsam kerak. O‘zimni boshqa futbolchilar bilan solishtirishni xohlamayman, shunchaki, futboldan zavqlansam, bas. Himoyaga yaqin joyda o‘ynashim yaxshimi yoki hujum harakatlarida ko‘proq foyda keltiraman - buni bilmayman. Bilganim, odatda maydon markazi atrofida o‘zimni erkin tutaman.

- Ma’lumotlarga ko‘ra, «Madrid» sizga ancha oldin ko‘z tikkan ekan...

- 16 yoshga qadar hech qanday qo‘ng‘iroq bo‘lmadi, lekin «Madrid»ning menga befarq emasligini bilardim. Umuman, bunday masalalar bilan ota-onam shug‘ullanishgan, men esa faqat futbol haqida o‘ylardim.

- Yangi jamoadoshlar haqida nima deya olasiz?

- Asosiy vazifam - umumiy gu­-ruhga imkon qadar tezroq qo‘shilish va o‘ynashni boshlab yuborish. Futbolchi sifatida o‘sishning eng maqbul yo‘li shu. Ha, raqobat kuchli va bu ham qo‘shimcha motivasiya beradi. Uzoq vaqtdan buyon yuqori darajada to‘p surayotgan jamoadoshlarim tajribasini tezroq o‘zlashtirsam, bas.

- Hamyurtingiz Karim Benzema bilan qanchalik tanishsiz?

- Karim - butun Fransiya uchun namuna. U hamisha yosh futbolchilarga katta yordam beradi, buni Vinisiusning o‘yini misolida ham ko‘rish mumkin.

- Qaysi jihatni eng kuchli tomoningiz sifatida tilga olasiz?

- Menimcha, texnik salohiyatim chakki emas, yana tajovuzkor harakatlanishni o‘rniga qo‘yaman.

- «Madrid»ga bog‘liq eng yorqin xotiralaringiz...

- O, CHL, Ronaldo, Zidan, Figu, yana bu klubda o‘ynagan barcha buyuk futbolchilar...

- Transferingiz haqida nima deya olasiz?

- Bor e’tiborim futbolga qaratilgan. Ha, yoz bo‘yi «Madrid» vakillari bilan gaplashganimni tan olaman. Barchasi transferlar oynasining oxirgi kuniga qadalgani sababi esa sirligicha qolaversin.

- Kongo urushi ruhiyatingizga kuchli ta’sir qilgandir...

- Urushdan qutulish kuchimga kuch qo‘shgani tayin. Bunda oilamning yordami va tutgan o‘rni juda katta. Maydonga tushgach, birinchi navbatda, oilamni ko‘z oldimga keltiraman. Umuman, ortimizda qolgan barcha qiyinchiliklar yanada kuchayishimni taqozo etdi - bu fakt.

- Karlo Anchelotti haqida nimalarni bilasiz?

- U fransuz tilida juda yaxshi gapiradi, bu ishimni ancha osonlashtiradi, albatta. Anchelotti bilan ilk uchrashuvdan ajoyib taassurotlar qoldi.

- «Real» markaziy zonasida Modrich, Kroos va Kazemiro kabi tajribali futbolchilar bor...

- Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga ulgurgan katta ijrochilar. Demak, ulardan har kuni o‘rganishim, izlaridan borishim kerak.

So‘z

 

- Hurmatli Eduardo, «Real Madrid»ga xush kelibsan. Bugundan oldingda jiddiy chorlov bor. Bu yo‘lni muxlislarimiz yordami bilan bosib o‘tishingga tilakdoshman. Emilio Butragenyo («Real» direktori).

- «Real Madrid» - hammadan ko‘p sovrin yutgan yer yuzidagi eng katta klub. Bu jamoa har qanday futbolchini orzu qilishga undaydi. «Madrid» hisobidagi yevrokuboklar soniga qarashingizning o‘ziyoq yetarli. Hammamiz bolaligimizdan «Madrid»da o‘ynash orzusida ulg‘ayganmiz. Eduardo Kamavinga.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:30, 23.09.2021.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.