Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Yulduzlar uchun mablag‘larini ayamayotgan klub

Yulduzlar uchun mablag‘larini ayamayotgan klub

Baho:
+ | -

O‘zi ilgaridan «Manchester Yunayted» deganda hayolimizga eng boy klub degan fikr kelar edi. Haqiqatdan ham shunday. Yaqin-yaqingacha «MYU» jahonning eng to‘kis klubi edi. Garchand yetakchilik boy berilgan bo‘lsa ham, umumiyatda baribir top sanaladi. Klub yangi mavsumda bir qancha yulduzlarni tarkibiga jalb etdi. Bu katta harajat talab etadi, albatta. Pandemiya bergan qiyinchiliklar davrida esa, mablag‘ jamg‘arish oson bo‘layotgani yo‘q.

«MYU»ning bu yilgi oylish maoshlar uchun sarflaydigan to‘lovi hajmi rekord darajaga yetdi va 65 million funtni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho hamda Rafael Varan xaridlari sabab keskin oshib ketdi. «Qizil iblislar» 2020 yilda umumiy 387 million funt mablag‘ sarf etib, bu borada «Barselona»ni ortda qoldirgan edi. Ronaldu «Yuventus»dan kutilmaganda sotib olindi. Portugaliyalik yulduz uchun klub 12,8 million funt sarfladi. Sarflangan mablag‘ balki dunyo futboli afsonasi obro‘siga to‘g‘ri kelmas dersiz, ammo haqiqiy hajm portugaliyalikka to‘lanayotgan maoshda. 36 yoshli futbolchi hozirda «Old Trafford»dagi faoliyati ortidan haftasiga 480 ming funt-sterling ishlab topmoqda. Bu Ronalduni klubdagi eng ko‘p maosh oluvchiga aylantirgan. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni darvozabon Devid De Xea band etib, u haftasiga 375 ming funt olmoqda. Ronaldudan ilgari, aynan u bu borada peshqadam edi.

 

«Manchester Yunayted» Jeydon Sancho uchun «Borussiya Dortmund»ga 73 million funt to‘lov qildi. 21 yoshli vinger maoshi yangi jamoasida haftasiga 350 ming funtni tashkil etadi. «Real»dan Rafael Varanning olib kelinishi ham klubning yirik savdolaridan biri edi. Himoyachi uchun madridliklar 42 million funt olgishgan. Fransiya terma jamoasi a’zosi haftasiga 340 minglik bitimga rozi bo‘lgan. U Manchesterda bir yilda jami 17,7 million olishi belgilangan. Bir yil ilgari maosh borasida ikkinchi pog‘onada turgan Pol Pogba hozir ancha pastladi. Uning haftalik maoshi 290 ming funtga teng. Garchand zahirada yoki qayerlardadir sayr qilib yurgan bo‘lsa ham, Antoni Marsial «MYU»dan haftasiga 250 ming maosh olishni davom ettirmoqda. Edinson Kavani ham Marsial kabi pul topmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Markus Reshford(200 ming funt), Harri Maguayr(190 ming funt) hamda Bruno Fernandesh(180 ming funt) band etgan.

O‘tgan oy «MYU» Ronalduga 41 yoshigacha maosh berib turishi ma’lum bo‘lgandi. «Yuventus» uch yil davomida(2018-2021) Ronaldu uchun jami 88 million funt sarflagan. U shu davr mobaynida Turin klubi safida 134 ta o‘yinda ishtirok etib, 101 ta golga mualliflik qildi. Krishtianu allaqachon «MYU»da nimaga arzishini isbot qilib ketgandi. Futbolchi 2009 yilda «Real»ga 80 million funt evaziga sotib yuborilgani buni yaqqol ko‘rsatib beradi. CriRo qaytgandan beri 3 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan kelib chiqadiki, mankunyanliklar u uchun qilayotgan harajatlari bekor emas va jangchi zafar qozonishda davom etmoqda.


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:31, 24.09.2021.
O'qildi: 7797 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.