Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ga qaytdi. U qaytishi bilan o‘z jamoasiga foyda olib kela boshladi. Strayker maydonga tushgan o‘yinlarda 4 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi. Bu mavsum boshidan yaxshi natija, albatta. Hujumchining yaqindagina global o‘rgimchak to‘rida tarqalgan videosida uning shahar markazidagi pochta binosini tark etayotgani aks ettirilgandi. 36 yoshli futbolchi seshanba kuni Hyulmeda, Manchester shahrining markazida shopping qilayotgan paytda ko‘rinish bergan.
Bu do‘kon metro bekatining yonida joylashgan bo‘lib, Ronalduning shaxsiy mashinasi do‘kon maydoniga qo‘yilgan edi. U do‘kondan chiqqanida bir nechta muxlis uning ismini aytib baqirar, ikkita tansoqchi esa, Krishni qo‘riqlab borardi. Ushbu video internetga joylashtirilganidan keyin, bir foydalanuvchi video tagiga shunday izoh yozadi: «Ronaldu metro bekati yonidagi binoga kirib ketayotganini ko‘rib qolib, jinni bo‘lib qolay dedim. Uni ko‘rishni faqat orzu qilardim. Chunki men o‘sh binoda yashayman». Ushbu videoxabarga kelgan yana bir izohda esa shunday deyiladi: «Men Ronalduni sendvichdan ko‘ra, salat tanavvul qilgan deb o‘ylayman». Boshqa bir muxlis izohida shunday fikrlar yangraydi: «Bechora yulduz, u bitta sendvich sotib olishi uchun ham, bir dunyo odam uni orqasidan kuzatib yurishi kerak))». «Metro» nashri bunga iqtibos keltirgan holda videoga tvit qoldirdi: «Bu barcha vaqtlardagi eng buyuk futbolchilardan biri».
Haqiqatdan ham barchadan har xil fikrlar yangragani bu tabiiy hol, albatta. Ronaldu esa «Yuventus»dan o‘tgan oyda o‘z qaytishini amalga oshirganidan keyin ketma-ket to‘rtinchi o‘yinida gol urish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U Angliya Liga Kubogi bahsida dam oldi. «Aston Villa» bilan 6 tur bahsida asosiy tarkibda aks ettirildi. Bu yerda masalaninh yana bir hayratlanarli tomoni borki, 18 oy ichida Ole Gunar-Sulsher «MYU»da sovrin yuta olmasa, u holda, hatto Ronaldu uning o‘rniga bosh murabbiylikka saylanishi mumkin. Sobiq «Tottenxem» klubi futbolchisi Tim Shervud bu haqda shunday degandi: «Biz Ronalduni xalqaro maydonda, Yevro-2020 bahslarida kuzatgan edik. Shunda ma’lum bo‘ldiki, u 100 foiz murabbiylikka tayyor. Men 18 oy ichida Krishtianuni bosh murabbiy rolida ko‘rishga ishonaman. Ronaldu futbol faoliyatini yakunlagan kuniyoq, u murabbiyga aylanadi. Ko‘rasiz, bu avtomatik tarzda amalga oshadi.
Agar «qizil iblislar» APL, YECHL, Angliya kubogi yoki shu kabi sovrinlardan birini yutsagina, Sulsher o‘z o‘rnini saqlab qola oladi. Bordiyu, uning jamoasi bu mavsum hech qanday sovrin jamg‘ara olmasa, u holda klub menejeri almashsa kerak. Ronaldu taklifi bilan jamoaga yangi, Karlos Keyrush kabi tajribali murabbiy keltiriladi. Balki Ronalduning o‘zi «MYU»da murabbiylik qilar. Shaxsan, men bunga ishonaman. Mana masalan, hozir ham u deyarli klubida murabbiy singari harakat qilyapti. Agar o‘tgan turni kuzatgan bo‘lsangiz, Ronaldu maydonda Maguayr va Varan qulog‘iga pichirlab ko‘rsatmalar berdi. Men u uchun istalgan jamoada(«Real», «Yuve» yoki Portugaliyada)sardorlik bog‘ichi zarur deb o‘ylamayman. U shusiz ham istalgan joyda sardor maqomida va amalda ham shunday. U «MYU»dagi debyut o‘yinidayoq o‘zining sardorlik qobiliyatlarini namoyish eta boshlagan edi».
Ha, Ronaldu doimo sardorlikka munosib o‘yinchi. Xoh, klubda xoh, terma jamoada bo‘lsin, portugal afsonasi o‘z ta’sirini doimo saqlab kelgan. U ketgan jamoalar esa, bir muddat o‘zlariga kela olmagan. Oddiy misolni «Yuventus» faoliyatida ko‘rib olavering...
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi