Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Rakurs: Tanishing – «Sherif»!

Rakurs: Tanishing – «Sherif»!

Baho:
+ | -

Tiraspolning «Sherif» klubi 15 sentyabr oqshomida Doneskning «Shaxtyor» klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, nafaqat o‘zi, balki butun bir Moldovani eng nufuzli klub turniri tarixiga olib kirdi. Unga qadar na «Sherif», na Moldova YECHLga tanish edi.

Ayni pallada Tiraspol klubi muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan Moskvaning «Spartak»idan ko‘ra muvaffaqiyatliroq bo‘lib turibdi. «Qizil-oqlar»dan farqli ravishda, u bir qator saralash bosqichlarida mag‘lubiyatsiz to‘p surib, guruh bosqichiga yetib keldi va dastlabki turda «Shaxtyor»ni yengishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiboringizga barchamiz uchun notanish bo‘lgan, bugungi kunda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan jamoa haqidagi materialni havola etamiz.

90-yillar boshida tashkil topgan Pridnestrovya Moldova Respublikasi (PMR) o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1992 yildagi qurolli to‘qnashuvdan keyin u Moldaviyadan ajralib chiqdi. Biroq rasmiy Kishinyov uni tan olmadi. Shundan beri Pridnestrovya muzlatilgan mojaro sharoitida, uni xuddi o‘zi kabi tan olinmagan Abxaziya, Janubiy Osetiya va Tog‘li Qorabog‘ e’tirof etgan, xolos. Hatto Rossiya ham PMRni davlat sifatida tan olgan emas. Vaholanki, PMR 2017 yildan beri Rossiya bayrog‘idan o‘zining ikkinchi bayrog‘i sifatida foydalanadi, 4 yil avval aholisining 50 foizi Rossiya fuqarolari edi.

30 yillik mustaqillik davrida PMRda ajoyib biznes-muhit shakllandi: mamlakat «Sherif» xoldingi kompaniyalarining tasarrufida. 2020 yilda «Novaya gazeta» bu borada jumladan, shunday yozgandi: «Sherif» - Sharqiy Yevropadagi supermonopoliya, xolding PMRdagi barcha biznes sohasiga egalik qiladi. Avtoyonil­g‘i tarmoqlari, supermarketlar, bank, TV-kanal, nashriyot uyi, sharob-konyak va to‘qimachilik kombinatlari, sport majmuasi va albatta, xoldingning eng taniqli a’zosi bo‘lgan futbol klubi».

Xolding PMR byudjetiga tushadigan soliq tushumlarining 50 foizi, respublika iqtisodiyoti daromadining 60 foizini ta’minlaydi.

2020 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan saylovda mahalliy parlamentdagi 33 o‘rindan 29tasini «Sherif» tomonidan ta’sis etilgan va moliyalashtiriladigan «Yangilanish» partiyasi a’zolari egalladilar. Qolgan 4 o‘rinning 3tasi xolding bilan hamkorlik qilayotgan biznesmenlarga, oxirgisi xoldingga xayrixoh siyosatshunosga tegdi. Qisqasi, YECHL tarixida ilk marta butun bir respublikani o‘z tasarrufiga olgan sohiblarga tegishli jamoa ishtirok etmoqda.

Xo‘sh, «Sherif»ning joriy mavsumdagi supersensasiyasi siri nimada?

2019 yil oxirida Moldaviya chempionatida (ha, jamoa tan olinmagan PMR emas, Moldaviya sharafini himoya qiladi) legionerlarga belgilangan limit bekor qilindi: bir vaqtning o‘zida 11 nafar xorijlik futbolchi maydonga tushishi mumkin. Bu «Sherif» mutasaddilariga qo‘l keldi - «Shaxtyor»ni tiz cho‘ktirgan jamoa tarkibida birorta moldaviyalik yo‘q.

Futbol agenti Dmitriy Selyuk ham «Sherif»ning muvaffaqiyatiga aynan limitning bekor qilingani sababchi, deb hisoblaydi: «Atigi bir yil avval Moldaviya limitdan voz kechgandi. Endi biz nimaga guvoh bo‘ldik? «Sherif» Serbiya chempioni «Srvena Zvezda»dan, Xorvatiyaning eng yaxshi jamoasi «Dinamo»dan ustun keldi. Rossiya ham shu yo‘lga o‘tishi lozim. Shunda mahalliy futbolchilar faqat tegishli pasportga ega ekanliklari hisobiga tarkibdan joy olmaydigan bo‘ladilar. Hozir mahalliy o‘yinchilardagi motivasiya, tajovuzkorlik va o‘z o‘rni uchun kurashish ishtiyoqi talab darajasida emas. Shu bois, SSKA Zagrebni yenga olmayapti, Yuriy Vernidub shogirdlari esa kuchli raqiblarni tor-mor etishmoqda».

Yuriy Vernidub ham agent bilan hamfikr:

- YECHLda umuman tajribasi bo‘lmagan jamoa bilan siz erishayotgan natijalarni Rossiya klublari qayd etolmayaptilar. Nima uchun?

- Limitning zarari ko‘p. Vatanparvar bo‘lish kerak, degan da’vatni ko‘p eshitamiz, ammo... Ukrainada cheklov ancha yengil, atigi 4 nafar ukrainalik. Shu sababli «Shaxtyor» va «Dinamo» YECHLda, «Shaxtyor» guruhdan chiqishni uddaladi. E’tibor bering, bu jamoa qancha braziliyaliklarni «Bavariya»ga, «Manchester Siti»ga sotib yuborganiga qaramay, yana qanchasi to‘p surmoqda... Rossiyada xuddi Belorussiyadagi kabi futbolchilarni zo‘rlab ishlatamiz. Har qanday vaziyatda ham ishsiz qolmasliklarini ular yaxshi biladilar. Ularga katta haq berilsada, shunga yarasha o‘ynay olmaydilar.

Oldinda «Sherif»ni jiddiy bellashuvlar kutmoqda, «Inter» va «Real» - o‘ta jiddiy raqiblar. Lekin shunday nomdor jamoalarni safarda yenga olgan «Shaxtyor» «Sherif» qarshisida ojiz qoldi. Bu esa debyutantning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etishiga umid uyg‘otadi.

Bahorda «Tambov» bilan RPL turnir jadvalining tubida yurgan Sebastyen Till hozir «Sherif»da. «Shaxtyor»ga qarshi bahsda lyuksemburglik futbolchidan tashqari, yunonlar, Kolumbiya, Braziliya vakillari, o‘zbek o‘g‘loni Jasur Yaxshiboyev, afrikaliklar, jumladan, 5ta saralash bosqichining 4tasida gol urgan malilik Adama Traorelar maydonga tushdilar. Uchrashuv starti arafasida yon chiziqda uzoq o‘ylanib yurgan Adama 16-daqiqada dastlabki hujumni gol bilan yakunladi. Tez orada yilni «Nijniy Novgorod» safida boshlagan Momo Yansane «konchilar» darvozasini zabt etib, g‘alabani mustahkamladi.

E’tiborlisi, «Sherif» a’zolari YECHLda 1 daqiqa bo‘lsada, o‘ynagan emasdilar. Dimitrios Kolovas umuman, ijara muddati tugagach «Panatinaikos»ga qaytish niyatida edi. Biroq yigitlarning «g‘alvir»dagi zafarli yurishlaridan ilhomlanib, shartnomaga imzo chekdi va «Dinamo»ga gol urdi.

«Traore qanday osonlik bilan zagreblik raqibiga yetib olgani doimo ko‘z oldimda. «Sherif»dan avval u «Mes» o‘rinbosarlari safida o‘ynardi. Umuman, jamoaning o‘yin sur’ati sezilarli darajada oshdi», - deydi Sergey Dadu.

Bu yigitni futbol muxlislari SSKA va «Alaniya»dagi o‘yinlari orqali yaxshi taniydilar. «Sherif»ga milisiyadagi kasbdoshi Viktor Gushan bilan kelgan va biznesni rivojlantirish orqali futbolga sarmoya kiritgandi.

«Tanishganimizdan beri Gushanning orzusi shu edi. «Sherif»ni o‘z farzandidek e’zozlaydi, Galiskiy kabi mablag‘ini klubga sarflaydi. Viktorni bir odati uchun juda hurmat qilaman - u hech qachon murabbiy ishiga aralashmaydi. Qattiqqo‘lligiga kelsak, yuksak parvozdagi kishi oddiy bo‘la olmaydi. Ilk bor uchrashgan paytda Gushan «Sherif»ning 4 qavatli ajoyib bazasini bunyod etmagandi. Biz Markaziy stadiondagi mehmonxonada yashardik. U yerda Moldaviyadagi eng qulay sharoit yaratilgandi. Bu o‘ta kuchli «Zimbru», «Tiligul» va «Nistru»lar davrida edi. To‘g‘ri, keyin ular birin-ketin yopilishdi».

«Sherif» - Moldaviyada legionerlar limiti bekor qilinishining tashabbuskori. Bu ishga boshqa hech kim qiziqmasdi: xorijliklarni xarid qilishga mablag‘ yo‘q. Avvalgi cheklov (maydonda 3 nafar moldavan, shu jumladan, 1 nafari 21 yoshgacha) «Sherif»ga qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lsada, islohotni yoqladi.

«Bizda moldavan yo‘q, shu sababli «Sherif» chiqdi», deb hazillashadilar. Kuchli mahalliy o‘yinchilarni topishning iloji yo‘q. Mendan «Sherif»dagilar Moldaviya terma jamoasi o‘yinchilarni qaysi klublardan olishini so‘ragandilar. Top-o‘yinchi Ionise hozir «Kalyari»da to‘p surmoqda. Oleg Ryabchuk moldavan emas, 4 yoshidan Portugaliyada ulg‘ayib, «Olimpiakos»gacha ko‘tarildi. Yana kim? Ruminiyaning 2-3-ligalari? Barchasi legionerlardan zaifroq. Har bir xorijlik uchun klublar federasiyaga 50000 ley, ya’ni, 2500 yevro to‘lashadi. «Sherif» limitni bekor qilish taklifini aytganidan keyin narxni 5000 yevroga chiqarishdi. Hozir «Sfintul Georg» va «Petrokub»ni hisobga olmaganda, boshqalarda legionerlar yo‘q. Bu ikki jamoa ham cheklovning bekor qilinishiga qarshi. «Sherif»ga munosib qarshilik qilishni istaydi, ammo shuncha xaridga mablag‘ yo‘q», - deydi Dadu.

«Sherif»da xaridlar bilan bosh direktor Vaja Tarxnishvili shug‘ullanadi. O‘z vaqtida u Dadu bilan yonma-yon to‘p surgandi. «Vaja butun faoliyatini shu yerda o‘tkazmoqda. Ko‘pchilik menejerlardan farqli ravishda, u o‘z ishini yaxshi biladi. Aldamaydi, o‘g‘rilik qilmaydi. Klub bilan agentlar hamkorlik qiladilar, lekin shu paytgacha qing‘irliklarga duch kelmadim. O‘tgan yili ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘ygandik. Hozir YECHL uchun ham yetarli kuchga egamiz».

«Sherif» muvaffaqiyatining 99 foizi - Yuriy Vernidub. Ukrainalik murabbiy «Zarya»ni qatorasiga 5 yil YELga olib chiqdi. Futbolchi sifatida u «Zenit»da sardor bo‘lgandi», - bu Moldaviya futbol federasiyasi matbuot kotibi Viktor Dagining «Sherif» ustoziga bergan bahosi.

Vernidub ortiqcha qiyinchiliksiz «Sherif»ni chempionlikka olib chiqdi. Lekin kubok va superkubokni boy bergach, ketish taraddudida edi. Nasibasi uzilmagan ekan, qoldi. Bosh murabbiy xususida Dadu quyidagicha fikr bildirdi: «Vernidub o‘yinchilar bilan yaxshi til topisha oldi, har birining ko‘ngliga yo‘l topdi. Har qaysi shogirdi bilan 5 daqiqa suhbatlashgani kifoya qildi. Bundan tashqari, Vaja bilan doimo yaqin aloqada. Mening Vaja bilan 30 daqiqalik muloqotimda Yuriy ikki marta unga qo‘ng‘iroq qildi. Ikkovlon qisqa vaqt ichida tarkibni to‘la-to‘kis yangilashdi».

Roberto De Zerbidan farqli o‘laroq, Vernidub o‘yinni xotirjam kuzatdi. Faqat jamoa gol urganida va uchrashuv tugayotgan pallada qarsak chaldi. Stadion esa tinimsiz tarzda uni olqishlab turdi: «Yura! Yura!»

«Tribunalardan ismimni eshitish juda yoqimli. Biroq bu olqishlar faqat menga tegishli emas. Mana bu yigitlar bo‘lmaganida, biz zafarga erisha olmasdik. Barcha muxlislarga katta rahmat aytaman va ta’zim qilaman», - dedi murabbiy.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 26.09.2021.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.