Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Jalilov: «Afsuski, mashg‘ulotda ishlagan rejalarimiz o‘yinda ish bermayapti»

Viktor Jalilov: «Afsuski, mashg‘ulotda ishlagan rejalarimiz o‘yinda ish bermayapti»

Baho:
+ | -

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Qizilqum" uchrashuvidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashadi.

— Har ikki jamoa bir-biriga munosib ekanligini, teng kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois, gollar ko‘rmadik. "Qizilqum"da ham, bizda ham 100 foizli vaziyatlar bo‘lmadi. O‘ylashimcha, durang adolatli bo‘ldi. Bugun hech kim g‘alabaga munosib emasdi. Garchi har ikki jamoa astoydil kurashgan bo‘lsa ham. Birinchi davrada ham ular bilan tengma-teng o‘ynab, durang qayd etgandik. Faqat bugun hujumda konstruktivlik yetishmadi, — deydi Viktor Jalilov.

— Mashg‘ulot va o‘yin boshqa-boshqa narsalar. Mashg‘ulotlarda rasmiy o‘yinlardagi kabi qarshilik bo‘lmaydi. Afsuski, mashg‘ulotda ishlagan rejalarimiz o‘yinda ish bermayapti. O‘ylashimcha, qayerdadir hujumda mahorat yetishmayapti. So‘nggi nuqtani qo‘yadigan futbolchi yetishmayapti.

— O‘rinboyevdan avval birinchi davrada legioner o‘ynadi. Albatta, muxlislarni ham, bizni ham hujumchining bunday o‘yini qoniqtirmayapti. Lekin vaziyat shuni taqozo etyapti. Futbolchilarning bor mahoratini ko‘rsatishi uchun astoydil harakat qilyapmiz, hujumlarni ijobiy yakunlaydigan futbolchi yetishmayapti.

— Turnir jadvaliga nazar solsak, yuqori o‘rinlar uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi. Zichlik kuzatilmoqda jadvalda. Yakunda kim kuchli bo‘lsa, o‘shalar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Buni futbolchilar ham tushunib turishibdi. Oxirigacha kurashamiz.

— Bizda nafaqat hujumchi, balki hujumkor futbolchilar yetishmayapti. Bu masalani ijobiy hal qilish bo‘yicha ish olib borilyapti. Keyingi yilga yaxshi o‘yinchilar sotib olishga harakat qilinyapti. Umuman, hozirdan keyingi yil to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri, — deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:24, 26.09.2021.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик