Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jasur Abduraimov: "Maqsadimiz iste’dodli o‘zbek futbolchilarini yetishtirish"

Jasur Abduraimov: "Maqsadimiz iste’dodli o‘zbek futbolchilarini yetishtirish"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini bildirdi.

— "So‘g‘diyona"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular darvozamiz tomon bugun nechta zarba berishdi? 3 tami, 4 tami? 2 ta gol urishdi. Biz esa ko‘plab vaziyatlar yaratib, ularni golga aylantirolmayapmiz. O‘yinimizdan ko‘nglim to‘layapti. Faqat natija kutilgandek bo‘lmayapti. Bugun albatta bizga g‘alaba zarur edi. Biroq bizning o‘ylaganlarimiz, rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Muxlislarimiz xafa bo‘lmay turishsin. Tez orada bizning ko‘chamizda ham bayram bo‘ladi.  Nima ham derdim, bu – futbol. Ba’zan ko‘p harakat qilgan, izlangan jamoa emas, omadi chopgan jamoa yutib ketadi.

"Metallurg" klubi o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Bizda o‘rinbosarlarni tarbiyalashga , Akademiyaga katta e’tibor berish orqali kelajakka intilayapmiz. Ispaniyadan yaxshi mutaxassislar kelishyapti, akademiyamizni kuchaytirishadi. Katta futbolni rivojlantirishga ham yordam berishadi.

— Oxirgi yillarda Superligadagi klublar akademiyaga e’tibor qaratishni boshlashdi. O‘zbek klublari 80-90 foiz mahalliy futbolchilardan iborat bo‘lishi uchun necha yil kerak bo‘ladi?
— O‘zbek klublarini bilmayman, ammo "Metallurg"ga 3-4 yil kerak. Biz hozir ham faqat mahalliy futbolchilar bilan o‘ynayapmiz. Bizga legioner kerak emas. O‘zimizning futbolchilarni ko‘tarishimiz kerak. Nasib qilsa, 5 oktyabr kuni akademiyamizning ochilish marosimini o‘tkazishni rejalashtirayapmiz.

— "Metallurg" darvozasiga urilgan ikkinchi golda hakamlar ofsaydni ko‘rmay qolishdi. Klub shikoyat yozadimi?
— Bu savolga javob bera olmayman. Bir marta hakamlar haqida gapirgandim, keyin jarima to‘ladim. Men murabbiyman. Bir narsadan xayronman: Har doim yoki murabbiy, yoki futbolchi aybdor bo‘ladi. Hamma xato qiladi, to‘g‘ri, lekin "Metallurg" klubining o‘ziga qarshi 6-7 marta xato kuzatilmoqda. Bu kimgadir kerakmi yoki kerakmasmi, bu narsalarga aralashmayman. Men yosh iste’dodlarni kashf etish yo‘lidaman, iqtidorli futbolchilarni ko‘tarishga harakat qilayapman, akademiyamizni kuchaytirmoqchimiz. Shu bilan "Metallurg"ning taraqqiyotiga hissamni qo‘shaman. Hakam xato qildimi yoki qilmadimi, uni tahlil etadigan va javob beradigan insonlar bor. Men ularning pozisiyasini tushunmayapman va bilmayman. Men hakam emasman, — deydi Jasur Abduraimov.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:28, 27.09.2021.
O'qildi: 1225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.