Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy gvardiya qo‘mondoni O‘zbekiston kamondan otish federasiyasiga rais etib saylandi

Milliy gvardiya qo‘mondoni O‘zbekiston kamondan otish federasiyasiga rais etib saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston kamondan otish federasiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev, R.SHoabduraxmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.

Yig‘ilishda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, kamondan otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, bu borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar kamondan o‘q otish – milliy sport turi ekanligini alohida ta’kidlab, mazkur sport turiga qaratilayotgan e’tibor milliy qadriyatlarimizning tiklanishiga va bu orqali yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, bu esa davlatimizning mazkur yo‘nalishdagi islohotlarining bosh mezoni ekanligini aytib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federasiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra Kamondan otish federasiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.Djurayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish so‘ngida, yangi saylangan federasiya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 17 iyundagi Qarori talablari asosida kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining qisqacha mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, asosiy e’tibor Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga lisenziyalarni qo‘lga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli o‘rinlarni egallashiga erishishga qaratilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz Milliy gvardiya qo‘mondoni 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federasiyasi raisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funksional ko‘pkurash federasiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 20:38, 27.09.2021.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.