Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

YECHL. So‘nggi ikki mavsum finalchilari bugungi markaziy uchrashuvda qatnashishadi (prevyu)

YECHL. So‘nggi ikki mavsum finalchilari bugungi markaziy uchrashuvda qatnashishadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi 2-turining markaziy uchrashuvlari orasida yetakchilik qila oladigan uchrashuv bugun o‘tkaziladi. PSJ hamda "Manchester Siti" o‘yini uchun prevyuni qarshi oling.

PSJ A guruhining ikkinchi turida o‘tkaziladigan "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv boshlanishini kutayotgani aniq. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum yarim finalida aynan «shaharliklar» umumiy 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, Parij klubini musobaqadan chiqarib yuborgandi. Ushbu g‘alabalar orqali «Siti» PSJga qarshi 5 bahsda mag‘lub bo‘lmadi (3G, 2D).

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola jamoasi ilk turda «Leypsig»ni 6:3 hisobida mag‘lub etib, YECHLdagi umumiy 50-g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. PSJ esa Belgiyada «Bryugge» bilan murosa yo‘lini tanlagan - 1:1.

Oldingi uchrashuvlar

Joriy yilning 28 aprelida o‘tgan yarim final ilk o‘yinida PSJ o‘z maydonida mag‘lub bo‘lgandi. Dastlab Markinyos hisobni ochgan, keyinchalik de Bryuyne muvpzanatni tiklagan hamda Riyad Mahrezning goli esa uchrashuv taqdirini hal qilgandi. O‘yin tugashiga 10 daqiqa vaqt qolganida Gyundoganga ishlatgan qo‘polligi uchun Idrissa Geye maydondan chetlatilgandi.

4 mayda o‘tkazilgan javob bahsida esa Mahrezning dubli «Siti»ning muvaffaqiyatini mustahkaamlagan holda final yo‘llanmasini taqdim etgandi. Bu o‘yinda ham PSJ kamchilik bilan harakat qilgan. Di Mariyaning Fernandinyoga ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olgandi.

«Siti» o‘z tarixida ilk bor 2015/16 yilgi mavsumda YECHL yarim finaliga chiqqandi. Buning uchun ular PSJ bilan chorak finalida to‘qnash kelishgan hamda Parijdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvda de Bryuyne (38-daqiqa), Ibrahimovich (41), Rabyo (59) va Fernandinyo (77) gol kiritishgan. Manchesterda o‘tgan javob bahsida esa Kevin de Bryuynening 76-daqiqada kiritgan goli Pellegrini jamoasini Loran Blan boshchiligidagi Fransiya klubi ustidan g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘lgandi.

Jamoalar ilk bor 2008/09 yilgi mavsum UYEFA kubogi guruh bosiqichida duch kelishgan va durang (0:0) natija qayd etilgandi. O‘sha mavsum «Siti» chorak finalda «Gamburg», PSJ esa "Dinamo Kiyev" to‘sig‘idan o‘ta olmagandi.

Jamoalarning holati

2019/20 yilgi mavsum «Bavariya»dan keyin ikkinchi bo‘lgan PSJ o‘tgan mavsum musobaqa yarim finaligacha yetib borgandi.

Bu PSJning 10 muvaffaqiyatli mavsumi va jami 14-bor ishtirok etishi. Bu Fransiya klublari orasida «Lion»dan keyin (16) eng yaxshi natija hisoblanadi.

O‘tgan mavsum Fransiya chempionatida 2-o‘rinni egallagan PSJ, mamlakat kubogida 14 marta g‘olib chiqdi va bu oxirgi 7 yil ichidagi oltinchi muvaffaqiyat bo‘ldi.

PSJ Angliya jamoalariga qarshi o‘z uyida 12 marta o‘ynagan 4 martadan g‘alaba, durang, mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Parij klubi Angliya klublariga qarshi so‘nggi 12 o‘yinida 3 g‘alaba, 3 durang, 6 mag‘lubiyatni qayd etgan.

O‘tgan mavsum finalga qadar yetib borgan "Manchester Siti" 29 may kuni «Portu»ning «Dragao» stadionida o‘tgan o‘yinda 0:1 hisobida «Chelsi»ga yutqazib qo‘ygandi.

«Siti» allaqachon o‘tgan mavsumning 10 YECHL bahsida o‘tkazib yuborgan gollari rejasini to‘ldirib ulgurdi. 2020/21 yilgi mavsumda Angliyaning 7 karra chempioni bo‘lgan «shaharliklar», to‘rtinchi mavsumda uchinchi chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

Manchester klubi 2011/12 yilgi mavsumdan beri har yili YECHLda qatnashib kelmoqda va shulardan sakkiztasida pley-offga chiqqan.

«Siti»ning Fransiya klublariga qarshi rekordi - 6 g‘alaba, uchtadan durang va mag‘lubiyat. To‘plar nisbati - 23:16.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Karlos Grande (Ispaniya)

Qanot hakamlari: Pau Devis, Roberto Fernandes (Ispaniya)

Zaxira hakami: Santiago Latre (Ispaniya)

VAR: Xuan Munuera (Ispaniya)

VAR yordamchisi: Kristian Dingert (Germaniya)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:47, 28.09.2021.
O'qildi: 3516 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.