Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

O‘zPFL ilk bor Pro liga va ayollar jamoalarini lisenziyalashdan o‘tkazishga erishdi

O‘zPFL ilk bor Pro liga va ayollar jamoalarini lisenziyalashdan o‘tkazishga erishdi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi talabi asosida Superliga klublari lisenziyalash jarayonidan o‘tishi sizga ma’lum. Bunda xalqaro maydonda o‘ynash imkoniyati kam bo‘lgan klublar ilgari lisenziyalash masalasiga jiddiy e’tibor qaratmagan. 

O‘zPFL rahbariyatida o‘zgarish yuzaga kelgach, yangi tarkib ilk ishni aynan shu jarayonga e’tibor qaratishdan boshladi. Va biz endilikda nafaqat Superliga, balki Pro liga klublarini ham lisenziyalashdan o‘tkazishga erishdik. Ya’ni, bugunga kelib Superliga va Pro liga klublariga qo‘yiladigan talablar o‘rtasidagi katta tofovut bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Bu kelajakda Pro liga orqali Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klublar talablar borasida katta muammolar qarshisidan chiqishining oldini oladi. 

Quvonarli jihati shundaki, joriy yil hisobidan OFK lisenziyasini olish uchun nafaqat Coca-Cola Superliga jamoalari, balki bir nechta Pro liga klublari ham jiddiy da’vogar bo‘lib turibdi. Sodda qilib tushuntirganda, O‘zPFL so‘nggi bir yil davomida nafaqat klublarga talab qo‘ydi, balki ularning ijrosi masalasida klublar bilan hamkorlik qildi. Buning natijasida O‘zbekiston tarixida ilk bor quyi liga klublari ham OFK tomonidan qo‘yilgan minimal talablarga javob berish arafasida turibdi.  

OFK, shuningdek, bu yildan e’tiboran ayollar jamoalarini rivojlantirish masalasiga ahamiyat bermoqda. Xususan ayollar jamoalari sinov tariqasida ilk bor lisenziyalash jarayonidan o‘tkazildi va O‘zbekiston kam sonli a’zo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham lisenziyalashga jalb etdi. 2022 yildan e’tiboran bu jarayon barcha a’zo mamlakatlar uchun majburiy bo‘ladi. 2023 yildan boshlab esa ayollar jamoalari ishtirokida to‘laqonli Osiyo Chempionlar ligasi tashkil etish rejaga kiritilgan. Oldinga o‘tib shuni aytish kerakki, joriy mavsum hisobidan kamida 2 ta ayollar jamoamiz OFK lisenziyasini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu esa qit’a miqyosida O‘zbekiston imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:36, 28.09.2021.
O'qildi: 1651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик