Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Lisenziyalashda hal qiluvchi palla: klublarda hamon qanday kamchiliklar bor?

Lisenziyalashda hal qiluvchi palla: klublarda hamon qanday kamchiliklar bor?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL yil avvalida “Klublarni lisenziyalash reglamenti”ni ishlab chiqib, mavsum davomida ularni shu hujjat asosida monitoring qilib bordi. Hozirgacha klublar 5 ta mezon: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo‘yicha hujjatlar taqdim etdi.

Yoritish tizimi

Yoritish tizimining talab darajasida emasligi ayrim klublarning asosiy kamchiligi bo‘lib turibdi. Jumladan, “Surxon”, “Mash’al” va “Andijon” klublarida bu muammo ustida ishlanmadi va OFK mazkur klublarga lisenziya taqdim etmasligi katta ehtimol. “Qo‘qon-1912” mazkur muammoni hal qilish ustida nisbatan ishladi. Biroq klub belgilangan muddat ichida mazkur muammoni bartaraf etishga ulguradimi yoki yo‘qligi asosiy masala bo‘lib turibdi. Shuningdek, bu borada AGMK va “Metallurg” jamoalari hozircha OFK talabidan ortda qolayotganini e’tirof etish kerak.

Ma’lumot uchun O‘zPFL bilan 2021 yilgi mavsum davomida hamkorlikda ishlagan “Turon”, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari projektorlarini OFK talab etgan ko‘rinishga keltirishga erishdi. 

Qarzdorlik masalasi

OFK mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratadi. Uch klubimizda bu borada muammo mavjud. “Buxoro” klubi qarzdorlik bo‘yicha muammolarni 90 foizga hal qilishga erishdi va yana ikki ish ustida ishlashi lozim. Vladimir Bubanya esa “Surxon” bilan yana xuddi o‘tgan yilgi ssenariy asosida xayrlashdi. Klub yana futbolchi oldidagi qarzdorlikni yopishi va qishki transfer oynasi yopilishi ehtimolini bartaraf qilishi lozim. Ammo “Navbahor” klubida vaziyat og‘ir. Klubning Aleksey Belenkov, Andrey Kanchelskis kabi mutaxassislar oldida qarzi bor. Bu muammo bartaraf qilinmaguniga qadar, “Navbahor” xalqaro maydonda to‘p sura olmaydi. Achinarli tomoni shundaki, “Navbahor lochinlari” futbol klubi qolgan barcha mezonlar bo‘yicha OFK talabiga to‘liq javob beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:55, 28.09.2021.
O'qildi: 2315 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик