Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Chelsi»ning mag‘lubiyati tanlangan taktikadamidi?

«Chelsi»ning mag‘lubiyati tanlangan taktikadamidi?

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning yangi murabbiyi Tomas Tuxel o‘z faoliyatida ilk marta «Manchester Siti»dan, Pep Gvardiola jamoasidan mag‘lub bo‘ldi. APLning 6 turidan o‘rin olgan o‘yin «Stemford Brij»da kechdi va unda «aristokratlar» o‘z muxlislari ko‘z-o‘ngida mavsumdagi ilk mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishlariga to‘g‘ri keldi.

Hattoki matbuotdagi futbol mutaxasisilari va «Chelsi»ning uzoq vaqtli muxlislari ham bu jamoa oxirigi marta qachon ikki hujumchi bilan maydonga tushganini eslay olmas edilar. Ular «Man Siti» bilan o‘yinda taktik xatoga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblashmoqda. Mavsumning eng yirik qarama-qarshiligida klub bosh murabbiyi Tuxel ilk marta Romelu Lukaku hamda Timo Vernerni hujum chizig‘iga joylashtirdi. Yaqingacha zahira o‘rindig‘iga «moslashib qolgan» Verner bugun Lukaku bilan tandem hosil qilishga buyurildi. Tarkibda jarohatlar sabab qisman yo‘qotishlarga ega Tuxel o‘z tanlovlari bilan raqib ustozi Gvardiolani hayron qoldirgan. Bundan oldingi bu jamoalarning to‘qnashuvi YECHL finalida yuz bergan.
O‘sha final bahsida «shaharliklar» ustozi «aqlliroq» ko‘rinishga harakat qilib, tarkibda mutlaq hujum chizig‘iga bog‘lanmagan futbolchilar bilan o‘yinni boshlagan edi.

«Chelsi» yarim himoyasida asosiy futbolchi bo‘lgan Meyson Mount jarohat olgani sabab, Tuxel umumiy rejani o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. U Vernerni front chizig‘iga, Lukaku bilan birga joylashtirdi. Jamoaning qanot himoyachilari maydon markazidagi sheriklarini faol qo‘llab-quvvatlashi, pleymeykerlar ham o‘z navbatida Vernerning tezligi va Lukakuning mahoratidan kelib chiqib ularni to‘p bilan ta’minlashi kerak bo‘lgan. Ammo bu reja to‘g‘ri ishlamadi. Natijada esa «Chelsi» turnirdagi eng asosiy raqiblaridan biriga 1-0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa o‘yin davomida raqib darvozasiga hatto bitta ham aniq zarba yo‘llay olmagan edi. O‘tkazib yuborilgan gol esa himoyadagi qo‘pol xato sifatida ko‘rildi. Aynan mana shu yerda Tuxelning taktikasi xato bo‘lgani ko‘rinadi. Bu narsa kelajakda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. «Chelsi»ning 3 talik himoyasi mudofaa paytida 5 taga aylanishi kerak edi. Ammo moviyranglar hujumi payti bu mezon ishlamay qolganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, jamoa sardori va himoyachisi Sezar Azpilikuetaning qanoti juda ham qiynaldi va hujum paytida zaifdek tuyuldi.

O‘yin davomida Verner o‘z qanoti, chapdan jarima maydonchasiga ikki marta yorib kirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsada, har ikki ham raqib himoyachisi Ruben Diash tomonidan to‘xtatib qolinadi. Yana bir vaziyatda Verner to‘pni Lukakuga uzatishga erishgan edi, ammo belgiyalik ko‘plab himoyachilar qarshisida aylanib olib zarba berishni uddalay olmadi. Aynan mana shu epizodlar ham ko‘rsatib beradiki, Verner va Lukaku o‘rtasida bog‘liqlikning ishlamasligi kelajakda Tuxel boshiga go‘yoki, balo bo‘lishi mumkin.
Romelu Lukaku 97,5 million funtga xarid qilingan va «Inter»dan qaytganidan buyon Tomas Tuxel uni markaziy nominal hujumchi pozisiyasiga joylashtirayotgandi. Bu narsa asosiy hollarda ish bergan. Lekin «Manchester Siti» bilan o‘yinda emas. Shunday ekan, Tuxel taktik xatoga yo‘l qo‘yganini, bu tizimga o‘zgartirish kiritish kerakligini anglab yetishi kerak. Endilikda «Chelsi»ni qayta bunday tuzilishda ko‘rmasak kerak. Chunki barcha bundan tegishli xulosalar yasab bo‘ldi...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:13, 29.09.2021.
O'qildi: 2671 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.