"Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt Chempionlar ligasida "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) butun jamoa yaxshi o‘ynaganini aytib o‘tdi. Shuningdek, u Romelu Lukakuni imkoniyatini yuqori baholadi.
"Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bizda butun jamoa yaxshi o‘ynadi va muxim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Lukaku bilan duel ? U jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri. Unga bo‘sh hudud bermaslikka harakat qildim. Biz qiyin vazifani uddaladik. Endi shu ruhda davom etish juda muhimdir " , - dedi niderlandiyalik 22 yoshli himoyachi.