Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Shomurodov: «Yaxshiboyevning «Real»dek jamoaga gol urgani yaxshi ma’noda hayron qoldirdi» (intervyu)

Shomurodov: «Yaxshiboyevning «Real»dek jamoaga gol urgani yaxshi ma’noda hayron qoldirdi» (intervyu)

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi doirasida bo‘ladigan «Zarya»ga qarshi o‘yin arafasida ukrainalik jurnalistlarga intervyu berdi.

– O‘tgan uchrashuv siz uchun muvaffaqiyatli bo‘lmadi. "Zarya"ga qarshi o‘yinda yangi kuch bilan maydonga tushish va o‘z darajangizni namoyish etish ishtiyoqi bormi?
– So‘nggi uchrashuv og‘ir kechdi, biz uni tahlil qildik, o‘z xatolarimizni o‘rgandik va ularni to‘g‘irlashga harakat qildik. Maydonda amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan vazifalarimiz bor. Bor e’tiborimiz ertangi bahsga qaratilgan.

– O‘zbek futboli o‘z o‘yinchilari bilan tanilgan: ilgari Maksim Shaskix Ukraina chemponatida yaxshi ishtirok etgan bo‘lsa, kecha vatandoshingiz Jasurbek Yaxshiboyev «Sherif» jamoasi safida "Real" darvozasiga gol urdi. Endi esa barcha sizni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishingizni kutmoqda. So‘nggi paytlarda «futbol» va «sensasiya» iboralari sinonimga aylanib qolmoqda. Shu bois, raqib "Roma"ni mag‘lub etishi mumkinmi?
– Bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Har bir jamoada g‘alaba bo‘lgan ishtiyoq yuqori. Biz esa ijobiy natijaga erishish uchun bor kuchimizni beramiz.

– Rim derbisidan qanday hissiyotlar qoldi? Konferensiyalar ligasi musobaqasiga, xususan, «Zarya»ga qarshi o‘yinga qay darajada moslasha oldingiz?
– Derbi — hamisha e’tiborga molik voqea. Futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Bizni endi boshqa o‘yin kutmoqda. Shu bois, avvalgi bahsni unutdik.

– Avval ham Ukrainada bo‘lganmisiz? Sizni ushbu yurt bilan nima bog‘lab turadi?
– Hech qachon Ukrainada bo‘lmagandim, ammo bu yerga kelganimdan xursandman. Ukraina terma jamoasi kuchli futbolchilardan tuzilgan. Chempionatda ham mahoratli futbolchilar ko‘p.

– Siz o‘zbek futboli yulduzisiz, ammo Jasurbek Yaxshiboyev "Real"ga gol urib, sizdan biroz o‘tib ketdi. Bu borada qanday fikrdasiz?
– Bunday kuchli jamoaga gol urgani meni yaxshi ma’noda hayron qoldirdi. Bundan albatta xursand bo‘ldim. Ammo men o‘zimni yulduz deb hisoblamayman. O‘zbekistonda mendan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilar ko‘p.

– "Jenoa"dan so‘ng «Roma»ga moslashish jarayoni qanday kechdi?
– Bungacha Italiyada o‘ynayotganim foyda berdi. Shu bois, yangi jamoaga moslashishim nisbatan yengil kechdi.

Kiritildi: 14:46, 30.09.2021.
O'qildi: 7095 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик