Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Andrey Abduvaliyev: «Radzivil 2 metrga sakrashga tayyor edi»

Andrey Abduvaliyev: «Radzivil 2 metrga sakrashga tayyor edi»

Baho:
+ | -

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining Tokio-2020 yakunlari va yangi Olimpiada sikli uchun strategik rejalari muhokama qilindi.

Federasiya binosida o‘tgan yig‘ilishda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov, Qo‘mita raisining o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Andrey Abduvaliyev boshchiligidagi O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi mutasaddilari, murabbiy va hakamlar ishtirok etishdi.

Taqdimot avvalida so‘nggi yillar yurtimizda yo‘lga qo‘yilgan “Save Aral” va «Navro‘z» xalqaro marafonlari sabab hamyurtlarimiz orasida sportning yanada ommaviylashgani alohida ta’kidlandi. Shundan so‘ng Tokio sarhisobi va yangi rejalar muhokamasiga o‘tildi.

“Tokio-2020 siklida Olimpiada normativlari juda baland belgilandi. Shu bois o‘zimiz 6-9 orasidagi yo‘llanmani mo‘ljallayotgan edik. To‘g‘ri, Rio-2016 bilan solishtirganda (16 ta) bu juda kam. Hozir terma jamoada avlodlar almashinuvi kechayotgani bois muammolar uchrab turibdi. Atletlarimiz orasida Svetlana Radzivildan umidimiz katta edi. Tayyorgarlik davridan keyin uning 2 metrga sakrashiga ham ishongandik. Biroq musobaqaga qisqa fursat qolganda kelgani, natijada iqlim va vaqt mintaqasiga to‘liq moslasha olmagani unga pand berdi”, – dedi Andrey Abduvaliyev.

Yig‘ilish davomida har bir sportchimizning ishtiroki birma-bir ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklar muhokama qilindi. Federasiya raisining ma’lum qilishicha, Parij-2024 siklining dastlabki davri uchun 40 nafarga yaqin sportchi saralab olingan. Suhbatda ularning bo‘lajak Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlari, buning uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:48, 30.09.2021.
O'qildi: 2057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик