Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kulibali: «Hech kimdan uzr so‘ramoqchi emasman»

Kulibali: «Hech kimdan uzr so‘ramoqchi emasman»

Baho:
+ | -

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali Yevropa Ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Spartak»ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

«Men hech kimdan uzr so‘ramoqchi emasman, biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Ushbu mag‘lubiyatdan yaxshigina xulosa chiqarishimiz kerak.

Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish ko‘p mehnat talab etadi. Men umidsizlikka tushdim va pushaymon bo‘ldim, lekin biz o‘yindan o‘yinga o‘sishimiz kerak.

Menimcha, bizning barcha fikrlarimiz allaqachon yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Fiorentina»ga qarshi o‘yin haqida bo‘ldi. Bu xato edi. Agar boshqa o‘yinni o‘ylab o‘ynasak, qiyinchiliklarga duch kelamiz.

Bu o‘yin menga shaxsiy darajamda ham ko‘p narsani o‘rgatdi. Murabbiyning hafsalasi pir bo‘ldi. O‘yindan oldin u uchrashuvga qanday moslashish haqida gapirib bergandi. Ertadan boshlab biz «Fiorentina»ga qarshi to‘g‘ri munosabat bilan tayyorgarlikni boshlashimiz kerak», - deydi Kulibali.

Kiritildi: 10:19, 01.10.2021.
O'qildi: 2585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик