Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati: Bahodir Ahmedov va Rustam Umarov taassurotlari

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati: Bahodir Ahmedov va Rustam Umarov taassurotlari

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Litvada to‘qqizinchi marotaba tashkil etilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi kuchli to‘rtlik, hattoki kuchli sakkizlikka ham kirmadi. Lekin bundan fojia yasamayapmiz, aksincha, futzalchi yigitlarimizga tasannolar aytyapmiz, ular bilan faxrlanyapmiz.

Futzal terma jamoamiz mundialda ikkinchi bor ishtirok etishdi. 2016 yil Kolumbiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida Osiyo saralash musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish tufayli yo‘llanma olgan.

Litvadagi mundialga esa dunyoda hukm surgan pandemiya tufayli Osiyo saralash o‘yinlari tashkil etilmadi. Yo‘llanmalar avvalgi Jahon chempionatidagi ishtiroki hamda qit’ada qo‘lga kiritgan reyting ochkolari hisobiga taqdim etildi. Futzalchilarimiz garchi saralash o‘yinlarida qatnashmagan bo‘lsada, yurtimizda va ko‘plab xorij mamlakatlarida o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida, qit’amizdan ko‘ra kuchli termalar bilan uyushtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida yaxshigina toblandi.

Terma jamoamiz vakillaridan mundial haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi:

- O‘zbekiston futzali tarixining birinchi kunidan beri uning tarkibida ekanligimdan faxrlanaman. Futbolchi va murabbiyi sifatida Osiyo chempionatlarining barida qatnashganman, Kolumbiyada o‘tgan Jahon chempionatida yordamchi murabbiy, bu gal bosh murabbiy bo‘ldim.

Litvada Gvatemalaga qarshi birinchi o‘yin bo‘lgani uchun xayajonlanganligimiz rost. Lekin vaqt o‘tib barchasini unutdik, tashabbus to‘lalig‘icha biz tomonga o‘tdi. Uchta gol farqi bilan ortda qolib, tenglashtira oldik. Lekin so‘nggi soniyalar bizning zararimizga ishladi. RFI bilan ham shunday bo‘ldi. Raqibimizning kimligini bilardik. Boshida hayajon sezildi. Vaqt o‘tib yigitlarimiz o‘zlariga kelishdi, hisobni tenglashtirishda ham. Lekin baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Misrga qarshi esa faqat g‘alaba qanoatlantirishini his qildik.

Futzalimiz tarixida birinchi marta guruhdan chiqdik. Oldimizda esa doimiy, etib bo‘lmaydigan raqib – Eron. Mashg‘ulotlarda ham, oshxonayu dam olish xonalarida ham shogirdlarim bilan dardu-hayolimiz Eron bo‘lib qoldi. Bir qator taktikalarni ishladik, kimning nimaga qodirligini, biz ulardan kam emasligimizni, yangi davr boshlashimiz zarurligini takror-takror ta’kidladik. Asosiy e’tiborni ruhiyatni ko‘tarishga qaratdik. Shunda ham o‘yin boshlagunga qadar yigitlarda qo‘rquv emas, balki hayajon borligini sezib turdim. Bosh hakam xushtagi chalingandan keyin hammasi unutildi. Faqat o‘ynash, mustahkam himoyalanish, tezkor qarshi hujumlar tashkil etish, imkon qadar qoidani buzmaslik, vaziyatga qarab dribling qo‘llash, imkon tug‘ilishi bilan darvoza tomon zarba berish kerak edi. Yigitlarim bu ko‘rsatmalarimni sharaf bilan bajarishdi. Agar yana 4-5 soniya vaqtimiz bo‘lganida yana gol urishimiz muqarrar edi. Eronliklar huddi finalda raqiblarini yutganidek xursand bo‘lishdi.

Shogirdlarimdan ming bor roziman. Maydonda biror-bir futzalchimiz ulardan kam bo‘lmadi. Avvalgi Jahon chempionatida ispaniyalik bosh murabbiyga yordamchi sifatida ishlagandim. Zimmamda mas’uliyat bo‘lgan, lekin bosh mas’uliyat menda emas, unda bo‘lgan. Bu safar esa... o‘zimdan o‘tganini o‘zim bildim. Keyingi Osiyo va Jahon chempionatlariga qanday tayyorlanish, asosiy e’tiborni nimalarga qaratish zarurligini xulosa qildim. Eng muhimi, futzal uchun, biz uchun zaruriy sharoitlar yaratilib berilayotganidan mamnunman. E’tibor shu zayin davom etaveradigan bo‘lsa, biz Jahon chempionatining doimiy ishtirokchisiga, qit’amizning etakchisiga aylanamiz, bunga shubham yo‘q. Chunki bizda futbolni, ayniqsa, futzalni sevuvchilar ko‘p. 

Rustam Umarov, terma jamoa sardori:

- Mamlakat terma jamoamizda har davrning o‘z avlodi bo‘lgan. Va har davrda ham tajribali futzalchilar qatorida mahoratli, chaqqon yoshlar tajriba orttirib borishgan. Terma jamoamiz faoliyatida uch avlod tarkibni tilga olsak birinchi avlod tarkibida eng yosh darvozabon sifatida maydonga tushganman, ikkinchi avlod bilan to‘liq o‘ynadim, ayni paytda esa uchinchi avlodning eng yoshi ulug‘ o‘yinchilaridan biriman.

Mashg‘ulotlarda yoshlar bilan tengma-teng ishlayman, ulardan g‘ayrat, shijoat olaman, ular esa mendan tajribalarini oshirishadi. Kolumbiyadagi Jahon chempionatida bor mahoratimni sarflaganman, bu gal ham shunday bo‘lishiga ishongandim. Hozir ham yoshimni bahona qilmoqchi emasman, hali yana bir necha yil darvozani qo‘riqlashga tayyorman. Lekin baribir qachondir yoshlarga joy berish kerak. Guruh bosqichi birinchi o‘yinida o‘zimni yo‘qotib qo‘ymadim, hayajonga berilganim ham yo‘q. Lekin omadim kelmadi, men tomonga berilgan zarbalar golga aylanaverdi.

Ravshan Eliboyev tezkor, qo‘rqmas, chaqqon darvozabonligini bilaman. Nafaqat darvozabon, maydonda o‘ynay olishi, himoyachi va beshinchi o‘yinchi vazifasini bajara olish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi. U buni amalda isbotladi ham. RFI, Misr va Eronga qarshi bahslarda O‘zbekiston kuchli darvozabonga ega ekanligini namoyish etib bera oldi. Men undan faxrlanaman. U hali yana ko‘p yillar mamlakatimiz sport sharafini har qanday xalqaro musobaqalarda munosib himoya qila oladi.

Jahon chempionatidagi ishtirokimizga kelsak, bizga yaratilgan sharoitlarning yuqori saviyada tashkil etilganligi, xorijiy mamlakatlarda yig‘inlar o‘tkazilganligi, dunyoning grand terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilganligining mevasini ko‘rdik. Buning uchun O‘FA rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz. Kelgusi rasmiy musobaqalarda, hattoki navbatdagi Jahon chempionatlarida albatta ijobiy natijalar ko‘rsatishimizga ishonaman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:19, 01.10.2021.
O'qildi: 2080 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.