Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Barselona»ga kim kerak: Xavi, Konte, Lyov?...

«Barselona»ga kim kerak: Xavi, Konte, Lyov?...

Baho:
+1 | -

 

So‘nggi kunlarda jahon futboli olamidagi eng trenddagi yangiliklardan biri "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kumanning iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda aytish joiz, Kumanga qoyil qolish kerak. Jamoaga kelgan paytni eslang, Bartameu va Messi o‘rtasidagi haqiqiy "jang" bo‘layotgan vaqtda qo‘rqmay bir paytlar o‘zi to‘p tepgan jamoasiga murabbiy bo‘lib keldi. Pedri kabi yosh futbolchilarni kashf etdi, ularga imkon berdi. Jamoani qisman yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, hali murabbiylikda top klub darajasida emasligi ko‘rinib qoldi.

Murabbiy o‘rniga juda ko‘plab nomzodlar nomi ilgari surilyapti. Har soatda yangi variantlar paydo bo‘lmoqda. Biz mana shu nomzodlar ichida bu lavozimga eng yaqin turganlarini va ularning "Barselona"ga qanchalik mos kelishi haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Muxlislar istagi

Xavi – klub afsonasi, murabbiylikda ham ko‘p narsalar kutilayotgani va kataloncha tizimni yaxshi bilgani uchun bu joyga munosib. Uni muxlislar hurmat qilishadi, o‘zgacha qadrlashadi. Xavidan Zidandek buyuk natijalar olib kelishiga ishonishadi. Chunki ispaniyalik afsona hech qachon Katalon muxlislarining ishonchini suiste’mol qilmagan. Sobiq futbolchining klubiga qaytishiga yagona to‘siq uning katta jamoalar bilan ishlamagani bo‘lishi mumkin.

Ekspertlar tanlovi

Konte – qattiqqo‘l, aniq bir uslubga tayanib o‘yin quradigan malakali mutaxassis. Shuningdek, mutaxassislar tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar italyan murabbiyining uslubiga mos tushadi deb o‘ylashmoqda. Ya’ni, agar Antonio Kataloniya klubiga kelsa, Kumandek qiyinchilikka duch kelmaydi. Yana Konteni qiyin holatda bo‘lishiga qaramasdan, "Chelsi" va "Inter" kabi jamoalarni chempion qila olganini ham unutmaslik kerak. Hozir "ko‘k-anorranglilar" ham xuddi o‘sha jamoalardek qiyin vaziyatda. Ammo, bu tanlov klub prezidenti Joan Laportaga yoqmayapti.

Rahbariyat xohishi

Roberto Martines – taktik sxemalar borasida aynan uning qarashlari hozirgi "Barselona"ga juda mos kelishi mumkin. 4-2-3-1, 4-3-3 hamda 3 ta himoyachi va 2 ta chalg‘ituvchi loterallar bilan harakatlanishni xush ko‘ruvchi mutaxassis rahbariyat tomonidan asosiy nomzod qilib ko‘rsatilgan. Xavining murabbiylikda Yevropa futbolidagi tajribasizligi, Kontening qaysarlik va yuqori maoshini hisobga olsak, balki Martinesni yaqin orada Kataloniyada ko‘rib qolishimiz mumkin.

Noodatiy variant

Yoaxim Lyov – Germaniya terma jamoasining to‘xtatib bo‘lmas deya ta’riflangan avlod bosh murabbiyi. Uning salohiyati yuqori ekanligi aniq. Muhimi, u qo‘lidagi cheklangan mahsulotdan maksimal foydalana oladi. Har holda, terma jamoadagi ko‘p yillik faoliyati bu borada katta dars bo‘ldi deya olamiz. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash – Lyovning ustun tomoni.

2017 yil Rossiyada o‘tgan Konfederasiyalar kubogi ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Ikkinchi tarkib deya katta natija kutilmagan bir vaqtda, Lyov nemis yoshlari bilan turnirni zabt etgandi.

Bu shunchaki lavozimga eng yaqin turgan insonlarning jamoaga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqidagi fikrlar edi. Xo‘sh, sizning fikringiz qanday?

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:52, 01.10.2021.
O'qildi: 4853 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.