Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Chag‘alaylar" "kanonirlar"ga qarshi: "Brayton" - "Arsenal" (prevyu)

"Chag‘alaylar" "kanonirlar"ga qarshi: "Brayton" - "Arsenal" (prevyu)

Baho:
+ | -

Musobaqa: Angliya Premyer-ligasi(7 tur)
O‘yin vaqti: 2021 yil, 2 oktyabr, shanba
O‘tkazilish joyi: Angliya, Brayton, "Amex Stadium" o‘yingohi
Bosh hakam: Jonatan Moss
O‘yin starti: mahalliy vaqt bilan 16:30(Toshkent vaqti bilan 21:30)


Bugun Angliya milliy chempionatining bir qator o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular ichida Brayton shahrining shu nom ostidagi jamoasi hamda Londonning "Arsenal" klubi o‘rtasidagi bahs ham o‘rin olgan. To‘pchilar kecha "chag‘alaylar" mehmoni bo‘lish uchun mamlakat janubiga uchib ketishgan.

Mezbonlar tarkibida raqiblarning sobiq o‘yinchisi Danni UYElbek maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi. Uning jarohati mavjud. "Arsenal" esa asosiy futbolchisi bo‘lgan markaziy yarim himoyachi Granit Jakadan o‘tgan turdagi London derbisida ayrilgan. O‘shanda Jaka Lukas Moura bilan tasodifiy to‘qnashuv oqibatida o‘ng tizzasidan jarohat olgandi. So‘nggi uchta turda g‘alaba qozonib kelayotgan to‘pchilar tarkibida boshqa jiddiy yo‘qotishlar mavjud emas.

Juftlikning umumiy statistikalari:

Bugungi raqbiga qarshi besh o‘yinlik mag‘lubiyasiz o‘yindan(3 ta g‘alaba, 2 ta durang) keyin, "Brayton" o‘tgan mavsumning har ikkita turida "kanonirlar"dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan.
"Arsenal" 1981 yildan beri bugun birinchi marta "Brayton"ning maydonida ketma-ket g‘alaba qozonishni eplashi mumkin. Ular o‘tgan mavsumda 0-1 hisobida mehmonda zafar quchishgan edi.
Bu uchrashuv "Arsenal" "Brayton"dan turnir jadvalida ortda qolib o‘tkazilayotgan tarixdagi ikkinchi bahs bo‘ladi. Birinchisi esa 1982 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda londonliklar 10 o‘rinda, "chag‘alaylar" esa 9 o‘rinda ketayotgan bo‘lgan.

"Brayton" bu yili APLda so‘nggi 4 ta uy uchrashuvining 3 tasini o‘z foydasiga hal qilgan. Bunday natijaga jamoa bundan oldin jami 22 ta o‘yinda(3 ta g‘alaba, 10 ta durang, 9 ta mag‘lubiyat) erishgan. Shuningdek, Poter jamoasi mavsumning shu paytiga qadar barcha turnirlarda o‘z uyidagi 7 ta o‘yinda darvoza dahlsizligini saqlab qola olgan. Angliyada faqatgina "Manchester Siti" va "Chelsi"(har birida 9 tadan) ulardan yaxshiroq natijaga ega, xolos.
"Arsenal" mavsumni uchta mag‘lubiyat va ketidan uchta g‘alaba bilan boshlagan APL tarixidagi uchinchi jamoa sanaladi. Bundan oldin faqat "Uimbledon"(1996-97) hamda "Vest Bromvich"(2002-2003) klublari shunday statistika qayd etgan. O‘shanda "Vest Brom" yettinchi turni yutqazgan bo‘lsa, "Uimbledon" klubi g‘alaba qozongan edi.


Har ikki jamoaning bugun o‘yin uchun taxminiy tarkiblari bilan tanishing:

"Brayton" uchun:
Darvozada: Sanchez;
Himoyada: Veltman, Dank, Daffi;
Tayanch y,h: March, Lallana, Moder, Kukurelya;
Hujumkor y: Gros;
Hujumda: Mope hamda Trossard. (3-4-1-2)

"Arsenal" uchun:
Darvozada: Ramzdeyl;
Himoyada: Tomiyasu, Uayt, Gabriyel, Tirni;
Tayanch y: Parti, Lokonga;
Hujumkor y: Saka, Edegor va Smit-Rou;
Hujumda: P.E. Obameyang. (4-2-3-1)

Ushbu bahsni Toshkent vaqti bilan soat 21:30dan boshlab "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:03, 02.10.2021.
O'qildi: 1637 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.