«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi 7-turi doirasida «Everton» bilan bahsda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, «qizil iblislar» «Old Trafford»dagi so‘nggi 11 o‘yinda ketma-ket gol o‘tkazib yubordi.
Oxirgi marta «MYU» 15 aprel kuni Yevropa ligasida «Granada»ga qarshi o‘yinida (2:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.