Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Nasaf" bellashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bugungi bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin u qadar yuqori tempda kechgani yo‘q. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Masalan, uchrashuv soat 15:30da boshlangani. Balki shu ham qiyinchilik tug‘dirgandir. Jamoamiz asosan uy uchrashuvlarini kechki mahal qo‘yilishidan barchaning xabari bor. Asosiysi biz hisobni nazorat qildik va 1:0 hisobida g‘olib bo‘ldik. Birinchi taymda to‘pni nazorat qildik va pozision hujumlar qildik, ikkinchi taymda esa qarshi hujumda to‘p tepdik. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik va himoyada ishonchli harakat qildik", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

— O‘tgan tur "Bunyodkor"ga 5ta gol urdinglar, bugun esa "Mash’al"ga bitta. "Mash’al" hozir "Bunyodkor"dan kuchlimi?
— Yo‘q. Biz hamma o‘yinda ham 5ta gol ura olmaymiz. Bu futbol, qayerdadir pasayish bo‘ladi. "Bunyodkor" hujumkor o‘ynaydi, "Mash’al" himoyaviy. Shu bois savol noo‘rin bo‘ldi.

— Bugun sizni nima qoniqtirmadi?
— Yuqorida aytib o‘tganimdek uchrashuv juda barvaqt boshlandi. Biz asosan kechki salqinda o‘ynab kelayotgandik. Bundan tashqari maydon holati Qarshidagi maysadan farq qiladi. Shu bois bugun texnik xatolarga ko‘p yo‘l qo‘ydik.

— Akmal Mozgovoy yaqin masofadan gol ura olmadi. Shu vaziyatni qanday baholaysiz?
— Undan oldin Norchayevda ham imkoniyat bo‘lgandi. Mozgovoy esa hujumchi emas, unga texnik holat pand berdi.

— G‘olib G‘aybullayev kam maydonga tushmoqda. Bunga sabab nima?
— Uch haftalar oldin belidan jarohat olib mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Shu bois hozir to‘liq tayyor emas va zaxiradan asta-sekin imkoniyat berib boryapmiz. G‘olib bugun o‘z vazifasini yomon bajarmadi.

— "Nasaf"ning xalqaro maydondagi holatidan xursandmisiz?
— Albatta, biz yarim finalga chiqdik. O‘zbekiston sharafini himoya qilayapmiz va muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

— Norchayevning jarohati haqida nima deya olasiz?
— O‘sha vaziyatda boshi bilan raqib bilan to‘qnashib ketdi, ikkinchi bo‘limda uni almashtirmoqchi edim. Ammo o‘ynay olishini aytdi. Bugungi bellashuvda oxirgi o‘yinlardagi kabi sermahsullik kuzatilmadi. Bitta vaziyat bo‘ldi, undan foydalana olmadi. Lekin unga ishonishda davom etamiz. Bilasizlar terma jamoaga ham jalb etildi. Norchayev faqat hujumda o‘ynamaydi, balki katta ko‘lamdagi ishni bajaradi. U turdan-turga o‘sishga erishmoqda.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:24, 03.10.2021.
O'qildi: 4513 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.