Kirish Ro'yxatdan o'tish

Suares «Barselona»ga gol urgach, «qo‘ng‘iroq»ni kimga qilganini aytdi

Suares «Barselona»ga gol urgach, «qo‘ng‘iroq»ni kimga qilganini aytdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya La ligasining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Urugvaylik futbolchi mazkur o‘yinda bitta gol va bitta assist muallifiga aylandi.

«Jamoa g‘alaba qozonganidan xursandman, biz shuni istagandik. "Barselona" men uchun o‘ziga xos raqib. Bugun gol ursam, uzr so‘rashni niyat qilib qo‘ygandim. Jamoa va sobiq jamoadoshlarimga hurmat yuzasidan shunday qildim», — dedi Suares.

Luis, shuningdek, «Barselona»ga gol urgach, nima uchun qo‘ng‘iroq ishorasini qilganini aytib o‘tdi.

«Bu Kuman uchun emas edi. Uni men telefon raqamimni biladigan barchaga qildim. Farzandlarimga gol ursam shunday qilaman, deya hazil tariqasida va’da bergandim», — dedi Suares.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:28, 03.10.2021.
O'qildi: 25674 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик