"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jarohatlangan himoyachi Serxio Ramosning klubdagi debyuti qachon bo‘lishi haqida gapirdi.
"Uning tiklanishi kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Umid qilamanki, Serxio tez orada qaytadi, lekin hozircha qachonligini aniq ayta olmaymiz", - dedi argentinalik murabbiy.
Ramos iyul oyida klubga kelganidan beri parijliklar safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Futbolchi hozirda individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.