Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Krishtianu Ronaldu qanday qilib so‘nggi daqiqalarda «MYU»ga o‘tib ketdi? (intervyu)

Krishtianu Ronaldu qanday qilib so‘nggi daqiqalarda «MYU»ga o‘tib ketdi? (intervyu)

Baho:
+ | -

Bu yilgi yozda amalga oshirilgan transferlar ta’bir joiz bo‘lsa, XXI asrdagi eng kattalari bo‘ldi. Asr avvalidan shakklanib, futbol olamida yirik figuralarga aylangan Leo Messi hamda Krishtianu Ronaldular o‘z klublarini o‘zgartirishdi. Messining ketishi avvaldan barcha uchun ayon edi, ammo Ronalduning ko‘chishi transferlar bozorida sensasiya yasadi. Ya’ni portugaliyalikning dastlab, Manchesterning «ko‘k tomoni»ga yo‘lga otlanib, «qizil tomoni»da qo‘nim topgani, barchani hayratini oshirdi. Aynan mana shu transfer qanday amalga oshgani haqida quyida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Harry Lineker

Sobiq Angliya terma jamoasi va «Tottenxem» klubi futbolchisi Gari Lineker yaqinda OAVga Ronalduning transferi uning uyida, hovlibog‘ida amalga oshganini oshkor qildi. Bu xabar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Sobiq futbolchi «MYU» direktori Ed Vudvardning qo‘shnisi hisoblanadi. Ed 2009 yilda «Real»ga sotib yuborilgan yulduzni bu yozda jamoaga qaytarishda bosh-qosh bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Ushbu voqea «Sky Sports» muxbiri Alan Shirer va Mayka Richardslar tomonidan hikoya qilib berilgandi. Bu haqda so‘ralganda Gari Lineker kanalga shunday deydi: «Men hozir qo‘limdagi barcha qartalarni ochaman. Ed Vudvard bilan yaqin do‘stmiz. U mening yon qo‘shnim. Ed Ronaldu bilan aynan mening bog‘imda shartnoma imzoladi! U uyimga kirib kelayotganida qo‘lida telefon bilan kim bilandur gaplashayotgan edi. U shunday dedi: «Umid qilamanki, bu uchun juda ko‘p so‘ramaysiz». Keyin bilsam, uning suhbatdoshi Krishtianuning agenti Xorxe Mendesh bo‘lgan ekan. Menda hatto Ed va Ronalduning bog‘imda gaplashib o‘tirgan suratlari ham bor. Men buni bir kun kelib ularning ruxsati bilan sizlarga taqdim etaman deb umid qilaman».

Krishtianu Ronaldu o‘z jamoasi «MYU»ga super kambekni amalga oshirdi. U yangi mavsumda 5 ta golga mualliflik qilgan. Shunga qaramay, Sulsher jamoasi oxirgi paytlarda natija qayd etish bo‘yicha oqsamoqda. Uning klubi so‘nggi o‘tkazilgan 7 ta o‘yinining 4 tasida g‘alaba qozona olmadi. Hozirda jamoaning qiyin holatiga qaramasdan Alan Shirer Ronaldu klubni chempionlikka yetaklashiga ishonmoqda. Undan bu haqda so‘ralganda shunday deydi: «So‘nggi bir necha yilga qaraydigan bo‘lsak, «Manchester Yunayted» sovrinlar uchun kurashuvchi jamoa maqomidan tushib qolgandi. Ronaldu kelgach, klub butunlay o‘zgardi. Ular bu mavsumdan raqobat uchun yetuk jamoaga aylandi. U bilan bitim tuzish klubga foydali bo‘ldi. Ular bundan hech narsa yo‘qotgani yo‘q. Klub 25 million funtga Daniyel Jeymsni sotdi va taxminan shuncha qiymatga Krishtianuni keltirdi. O‘ylaymanki, bu foydali savdo bo‘ldi».

Darhaqiqat, Ronaldu klubga foydali transfer sanaladi. Uning kelishi jamoani sezilarli kuchaytirdi. Ammi hozir ham bu mavzu atrofida har xil gaplar aylanmoqda. Xususan, CriRoning kelishi, jamoaga ziyon deguvchilar ham topilib turibdi. «Qizil iblislar» APLda keyingi bahsini xalqaro tanaffusdan keyin «Lester»ga qarshi, safarda o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 16 oktyabrga belgilangan.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:59, 06.10.2021.
O'qildi: 8401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.