«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Londonga borgan. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Rossiyalik tadbirkor viza muammosi tufayli 2018 yildan buyon Britaniyaga bormagan. Abramovichning vakili Londonga Isroil fuqarosi sifatida kelganini tasdiqladi, shuning uchun u vizasiz Buyuk Britaniyaga kirdi.
Abramovich Londonda bo‘lganida «Chelsi»ning uy uchrashuvlariga tashrif buyurishi va oilasi bilan uchrashishi kutilmoqda.