Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Millatlar liagasi. Fransiya Belgiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Millatlar liagasi. Fransiya Belgiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Millatlar Ligasi yarim finali doirasida Belgiya va Fransiya terma jamoalari 7 oktyabr, payshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Turinda o‘tgan bellashuvda umumiy hisobda darvozalarga 5 ta gol urildi. 37-daqiqada Yannik Ferreyra Karrasko ajoyib harakatlari orqali hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqaga kelib, Romelu Lukaku Kevin de Bryuynening uzatmasini golga aylantirdi va oradagi farqni oshirdi. Jamoalar tanaffusga ushbu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda Fransiya vaziyatni o‘nglash uchun qator hujumlar uyushtirdi va bu 62-daqiqada o‘z samarasini berdi: Karim Benzema jarima maydonchasi ichida himoyachilarni dog‘da qoldirib, hisobni qisqartirdi. Ushbu vaziyatda Benzemaga Kilian Mbappe assistentlik qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Mbappe 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. O‘yin tugashi arafasida Teo Ernandes super gol urib, Fransiyaga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasining finaliga yo‘l oldi. Endilikda «uchranglilar» hal qiluvchi o‘yinda Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Final o‘yini 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Italiya va Belgiya terma jamoalari uchinchi o‘rin uchun bahsda ishtirok etishadi.

Millatlar ligasi, 1/2 final
7 oktyabr, payshanba
Belgiya — Fransiya 2:3
Gollar: 1:0 – 37 Karrasko, 2:0 – 40 Lukaku, 2:1 – 62 Benzema, 2:2 – 69, penalti Mbappe, 2:3 – 90 Ernandes.
Belgiya – Kurtua, Denayer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan (Bashuayi, 90), Vitsel, Tilemans (Vanaken, 70), de Bryuyne, Karrasko, Azar (Trossard, 74), Lukaku.
Fransiya – Lyoris, Ernandes, Varan, Ernandes, Pavar (Dyubua, 90), Pogba, Rabyo (Tchuameni, 75), Kunde, Mbappe, Grizmann, Benzema (Veretu, 90).
Ogohlantirish: Vertongen (67).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:48, 08.10.2021.
O'qildi: 3375 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик