Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

O‘zbekistonda yangi assosiasiya tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi assosiasiya tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahrida «O‘zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va Butunjahon etnosport konfederasiyasi raisi janob Nejmeddin Bilol Erdog‘an ochib berdi.

«O‘zbekistonda milliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri va nomoddiy madaniy merosni asrash, shuningdek, aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va ommalashtirish sohasidagi asosiy masalalardan biridir. Shu maqsadda tashkil etilgan xalqaro konferensiya «O‘zbekistonni etnosport va milliy qadriyatlar orqali kashf eting!» shiori osida o‘tkazildi.

Xalq o‘yinlari qadimdan davlatchilik shakllanishi, jamoani birlashtirish va himoya qilishda ham yuksak ahamiyat kasb etgan. Bugungi kunda, ular shaxsni jismonan sog‘lom, qat’iyatli, sabr-matonatli, hozirjavob va ma’naviy yetuk bo‘lib kamol topishiga xizmat qilmoqda. Bir xalqning tarixi ming yillar davomida shakllangani uning moddiy va madaniy boyliklarida, etnografiyasida aks etadi. Shunday ekan, fursatdan foydalanib, barchaga O‘zbekiston Etnosport assosiasiyasi ochilishi haqida ma’lum qilaman», – dedi Aziz Abduhakimov.

Shundan so‘ng Butunjahon etnosport konfederasiyasi raisi Nejmeddin Bilol Erdog‘an so‘zga chiqib, xalq o‘yinlari hamda ularning ahamiyati haqida nutq so‘zladi. Bundan tashqari, yuksak martabali mehmon yurtimizga beshinchi marta tashrif buyurgani va uning tarixi hamda qadriyatlaridan katta taassurotda ekanini aytib, so‘nggi vaqtda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda sport sohasi rivojiga bo‘lgan e’tiborni yuksak e’tirof etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Etnosport assosiasiyasi rahbari sifatida Oybek Norinbayev tanishtirildi.

Ta’kidlash joizki, o‘zbek xalqi ko‘p asrlar davomida kurash, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari, Turon, Boyqo‘rg‘on kabi milliy sportining asoschilariga aylangan kurashchi-polvonlari hamda afsonaviy chavandozlari bilan mashhur bo‘lgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli haqli ravishda O‘zbekistonning madaniy merosi bo‘lgan milliy sportimizni dunyoga namoyish etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida sportning kurash turi rivojlangan va uning Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo sporti tarixidagi muhim voqealardan biri ekanligini ta’kidlash quvonarli.

2020 yilda «Turk dunyosi poytaxti» deb e’lon qilingan Xiva shahrida har yili Butunjahon bahodirlar o‘yinlari federasiyasi (WSF) ko‘magida Pahlavon Mahmud nomini abadiylashtirish maqsadida «Bahodirlar o‘yinlari» xalqaro turniri o‘tkaziladi. Turnir o‘zbek xalqining buyuk farzandi, o‘z davrida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Hindistonda mashhur kurashchi, ustoz, faylasuf va so‘fiy bo‘lgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab tashkil etiladi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi, shubhasiz, sport turizmini rivojlantirish, imijini yaxshilash, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlarini jahon miqyosida targ‘ib qilish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi.

Tadbir doirasida Butunjahon etnosport konfederasiyasi, uning raisi janob Nejmeddin Bilol Erdog‘an hamda Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasida Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga doir Hamkorlik memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, Butunjahon etnosport konfederasiyasi va O‘zbekiston etnosport assosiasiyasi o‘rtasida ham ana shunday hujjatga imzo chekildi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 15:32, 09.10.2021.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.