Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Futbolning haqiqiy "qiroli" yoki o‘zidan boshqasini tan olmaydigan Zlatan haqida

Futbolning haqiqiy "qiroli" yoki o‘zidan boshqasini tan olmaydigan Zlatan haqida

Baho:
+ | -

Futbolda qahramonlar bormi? 90 daqiqalik o‘yinda o‘z jamoasi g‘alabasi uchun harakat qilgan va buni uddasidan chiqqan har bir futbolchi qahramon aslida. Futbol afsonalari aynan shuning uchun, har bir o‘yindagi harakatlari uchun, afsona nomiga munosib bo‘lishgan, nazdimda. Lekin, ba’zi bir figuralar uchun bunday an’ana-yu qonunlar ishlamaydi, sizga aytsam.

"Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi" bo‘lmish ana shunday bir daho borki, har qanday o‘zi qatnashmagan futbol uchrashuvlari qahramoni bo‘la oladi. Fahmlaganingizdek, bu Zlatan! O‘zining ta’biri bilan aytganda, inglizlar futbolni 1863 yilda Ibra uchun o‘ylab topishgan. O‘yini sifati bilan birgalikda mana shunday "iqtiboslar"i futbol muxlislari uchun yaxshigina tanish. Keling, yaqinda futboldagi debutiga 21-yil to‘lgan (1999-yil, 3-oktyabr) "terminator"ning yaqin yillardagi bir nechta jiddiy hazillarini eslaymiz.



Qariganida ham "quyulmagan" Zlatan 2020 yili "Milan" ga qaytganida jurnalistning "Eng yaxshi futbolchi bilan raqobatlashishga tayyormisiz" degan savoliga "Messi qachon A Seriaga keldi" deb javob bergan. Boshqa futbolchilarga nisbatan ochiqdan ochiq hurmatsizlik qilishi Zlatandan boshqasiga yarashmasa kerak-a?

Nima uchun unda Oltin to‘pi va jahon chempionati kubogi yo‘qligini so‘rashganda esa "Eng zo‘ri ekanligimni bilish uchun sovrish shart emas" deb javob qaytargandi. Shuningdek, sevgilisiga bergan eng katta sovg‘asi o‘zi ekanligini ham ta’kidlab o‘tgandi.

"Mensiz o‘tadigan Jahon chempionati? Menimcha buni tomosha qilishning qizig‘i yo‘q". Mourinyocha fe’lga ega futbolchidan shu va shunga o‘xshash gaplar deyari barcha u qatnashgan matbuot anjumanlarida bo‘ladi. Bu ba’zan odamni g‘ashini keltirsa, ba’zan kayfiyat olib keladi.

"Los-Anjelos Geleksi" dagi so‘nggi intervyularidan birida Ibra shunday degandi: "Keldim, ko‘rdim, zabt etdim, ketdim. Arzimaydi. Siz Zlatanni istadingiz, men keldim. Haqiqiy Zlatanni his qildingiz. Endi bemalol beysbolingizni ko‘ravering". Zlatandan chiqayotgani uchun har doimgidek qabul qilingandi bu so‘zlar. Ha, u shunday - hech qachon mag‘lubiyatni tan olmaydigan, har qanday holatda o‘zini bir necha qadam oldinda deb hisoblaydigan, balkim quvnoq, shubhasiz afsonaviy fubolchi.

Zlatanning futbol atrofidagi "dohiyona" fikrlari uchun ancha muncha qoralamalar kerak, aslida hozir bir nechtasini esga oldik, xalos. Nima bo‘lganda ham hamon yuqori sport formadagi, hamon jarima maydonidagi eng xavfli, shuning bilan birga kibrsiz bo‘lsa "o‘ziga o‘xshmaydigan" Zlatan Ibragimovich futbol afsonasi ekanligini aynan shu sifatlari bilan isbotlab bo‘lgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:53, 10.10.2021.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик